Kelejakga qadam

❗️ “Kelajakka qadam” doirasida bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar!

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi 328-sonli qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son (https://lex.uz/ru/docs/7386917) qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (https://t.me/uztdi/10361).

💼 Endilikda bitiruvchilarni ishga qabul qilgan tadbirkorlar uchun 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkada 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Bunda har bir 1 mlrd so‘m miqdoridagi kredit uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga olish sharti qo‘yiladi.

 💳 Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarga — asosiy vositalar xaridi va aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida ajratiladi.

Agar bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi 2 yil ichida bekor qilinsa, kredit stavkasi tijorat darajasiga o‘zgartiriladi.
Lekin agar 1 oy ichida o‘rniga boshqa bitiruvchi ishga qabul qilinsa, imtiyozli shartlar saqlanib qoladi.

📌Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi.

Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish majburiyati bilan 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi.