Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi
![]() |
Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Bobobekova Xulkar Rasulberdiyevna Qabul kunlari: Har kuni Telefon: 99890 251 09 51 E.mail: |
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi filial talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda filialni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni filail direktoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga taqdim etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda bo‘lim boshlig‘i sifatida Bobobekova Xulkar Rasulberdiyevna, bosh mutaxassis sifatida Mashxura Radjabova, To‘lqin Xolmatovlar faoliyat olib bormoqda.
Filialda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va filialdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- malaka talablari, o‘quv reja va dasturlarining kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;
- filialda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringni olib borish;
- professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;
- ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilarni tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirishga imkon beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;
- dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;
- professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;
- filialni ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- o‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);
- talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
- bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarini shakllantirish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish.
- talabalar bilimlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;
- talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislik ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;
- professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlariga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;
- axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish.
- mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qo‘yilishi va talablar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);
- filialda plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachillikga qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish.
