Yangiliklar

“Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!”

Iyun 25, 2023 / Ko'rildi 978

⚡️30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand sharida "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

🔹Bugun, 25-iyun kuni Samarqand shahrida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas”, “Vatan qalqoni” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan “Olympic day” musobaqasi tashkil etildi.

🔹Ushbu sport tadbirlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali professor-o'qituvchilari, xodimlari, tyutorlari va talabalari ham faol ishtirok etdi. "Olympic' day" musobaqasida belgilangan masofani birinchi bo'lib filialimiz talabasi Alisher Safarov bosib o'tdi.