Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Press klubning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy 2021 yilning 28 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Press-klubning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Press-klubning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari Jamshid Egamberdiyev, Xalqaro Press-klub, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo'ja, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmadov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Fayzulla Aripjanov, tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari, OAV vakillari, TATU ning hududiy filiallari, professor-o'qituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
2021 yilning 16-iyun kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro Press-klub”- ochiq fuqarolik jamiyatining timsoli sifatida qabul qilinayotganligi sababli, bunday press-klublar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tashkil etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga samarali ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
Ushbu Press-klubning tashkil qilinishidan asosiy maqsad - ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini keng jamoatchilikka yetkazish hamda talabalar bilan ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida ochiq muloqot o‘rnatish, ekspertlar bilan birgalikda AKT sohasidagi ta’limda mavjud muammo va takliflarni muhokama qilish va ko‘rib chiqib, kerakli choralar ko‘rish va mavjud muammollarni bartaraf etishdir.
Press-klubdan lavhalar:
TATU Samarqand filiali
Axborot xizmati