Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi: Ismailova Feruza Kubaymurodovna Qabul vaqti: Dushanba-Seshanba (8:30-16:30) Telefon: +998979154686 E-mail: feruzakubaymurodovna@gmail.com |
Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi lavozim vazifalari:
- akademik litsey va texnikum ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning meyoriy-uslubiy, o’quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o’quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan oliy ta’lim o’rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko’maklashish;
- tahsil olish sifati, mazmuni va samaradorligini ta’minlovchi elektron axborot majmuasini yaratish bo’yicha izlanishlar olib borish;
- bo’lim akademik litsey va texnikum o’qituvchilarining OTM axborot-resurs markazi fondidagi o’quv adabiyotlari, dastur, o’quv qo’llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- yuqori salohiyatga, moddiy texnik bazaga, namunaviy ta’lim-tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o’zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish;
- hamkor muassasalarda fanlarni o’zlashtirishning metodik tahlili, axborot va pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish hamda uni uslubiy va moddiy ta’minotini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko’rish;
- mas’ul kafedralar bilan birgalikda tahsil jarayoni bilan bog‘liq holda OTM qoshidagi akademik litseyda ta’lim olayotgan iqtidorli o’quvchilarning ilmiy izlanishlari mavzularini ishlab chiqish va ustoz-shogird metodi asosida izlanishlar olib borilishini tashkillashtirish;
- yo’nalishlar bo’yicha mavjud o’rta maxsus, texnikum ta’limi DTSlari o’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
- OTMning akademik litsey va texnikum bilan hamkorlik faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish chora-tadbirlarini ko’rish;
- akademik litsey va texnikum professor-o’qituvchilarining malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingliz tilini bilishi va undan amaliy foydalana olish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko’rsatish;
- akademik litsey va texnikum iqtidorli o’quvchilarini tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, o’quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini OTM ilmiy nashrlarida chop etishga ko’maklashish;
- akademik litsey va texnikum o’qituvchilarini, ayniqsa, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, ularning ilmiy mavzu va rahbar tanlashlarida ko’maklashish, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etishda hamkorlikni yo’lga qo’yish;
- bitiruvchilarni kasbga yo’naltirish va ularni ishga joylashtirish bo’yicha hamkorlikda ish olib borish;
- akademik litsey va texnikumlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish, ularda vatanparvarlik, o’zlikni anglash, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo’lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko’maklashish;
- akademik litsey va texnikumlardagi axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, OTM Axborot texnologiyalari markazidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Bo’limning vakolati va faoliyat yo’nalishlari:
- Bo’lim OTMning akademik litsey va texnikumlar bilan hamkorlik faoliyatini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan shartnomalar asosida tashkil etadi.
- Bo’lim akademik litsey va texnikumlari bazasida OTMdagi kafedralar filiallarini tashkil etadi.
- Universitet kafedralarining akademik litsey va texnikumlardagi filiallari OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom, shuningdek, Kengashning yillik ish rejalari asosida faoliyat ko’rsatadi.