Buxgalteriya va moliya reja bo'limi

Bo‘lim boshlig‘i

Mavlyanov A`zamjon Baxridinovich

Qabul vaqti: Seshanba – Juma (15:00-17:00)

Telefon: (50) 705-72-27

E-mail: 

Filial buxgalteriyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

Buxgalteriya, qiziqqan tashqi va ichki foydalanuvchilarga Filialning molyaviy-xo‘jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni yetkazish uchun Filial buxgalteriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;

Filial faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi, Filial faoliyatining xo‘jalik yuritish shartlari, strukturasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.

Buxgalteriya ichki hisobotlari shakllarini, xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hisob xujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgalteriya hisobi ish rejasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;

Inventarizatsiya o‘tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to‘g‘risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;

Hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning to‘g‘riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;

Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgalteriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos keluvchi buxgalteriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;

Zamonaviy axborot texnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progressiv shakllari va usullarini qo‘llagan holda buxgalteriya hisobi reyestrlarini yuritish bo‘yicha ishlarni olib boradi; Filial faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va kredit operatsiyalari, moliyaviy mablag‘lari, material-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar va mulkni hisobini yuritish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

Buxgalteriya quyidagilarni ta’minlaydi:

Buxgalteriya hisob raqamlarida xo‘jalik operatsiyalarini, vositalar harakatini, daromad va harajatlarni shakllantirishni va majburiyatlarni bajarishni aniq va o‘z vaqtida aks ettirish;

Soliqlar va yig‘imlarni respublika, mintaqaviy va mahalliy byudjetlarga, sug‘urta badallarini davlat byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlarga, to‘lovlarni kredit tashkilotlariga, mablag‘larni moliyalashtirish obyektlariga, mablag‘larni ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni yopish uchun o‘z vaqtida o‘tkazib berish; Tashkilot tomonidan mehnat uchun haq to‘lash fondining sarflanishini va ishchilarga haq to‘lash hisoblarining to‘g‘riligini, inventarizatsiya o‘tkazishni, buxgalteriya hisobi va hisobotlar yuritish tartibini hamda qonuniy taftishlar o‘tkazilishini nazorat qilish;

Tashkilot ichki auditida buxgalteriya hisobi va hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida moliyaviy tahlil o‘tkazishda va soliq siyosatini shakllantirishda ishtirok etish;

Filialning moliyaviy faoliyati natijalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish, moliyaviy yo‘qotishlarni va ishlab chiqarishga qaratilmagan harajatlarni yo‘q qilish;

Moliyaviy va g‘azna tartib qoidalariga rioya etishni ta’minlash, etishmovchiliklarning, debitorlik qarzdorliklarning va boshqa yo‘qotishlarning buxgalteriya hisobi hisobotlaridan chiqarishni qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish.

 

 

Bo‘limi boshlig‘i

 

Qabul vaqti: Seshanba-Juma (15:00-17:00)

Telefon: (66) 232-24-58

E-mail: 

 

Boʻlim faoliyati haqida:

Moliya reja boʻlimi  filialning tuzilmaviy boʻlinmasi hisoblanadi. Boʻlim vazifalariga istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish, filial boʻlinmalariga sarf-xarajatlarini prognozlash, turli manbalardan filialni moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari faoliyat, ilmiy- tadqiqot ishlardan daromadlar va b.). Boʻlim faoliyatning barcha turlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar roʻyxatini tuzish, OTM moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish, istiqbolli loyihalar va talabalarni qabul qilish yillik rejalarini tuzish bilan shugʻullanadi. Stipendiyalarni tayinlash tartibini nazorat qiladi, stipendiya taʼminoti va ichki tartib qoidalari, OTM Nizomini ishlab chiqishda qatnashadi.

Boʻlimning asosiy funksiyalari:

Shtat jadvalini tuzish va nazorat qilish.

Daromadlar va xarajatlar prognozini ishlab chiqish, xarajatlari va daromadlar smetalarini tuzish va nazorat qilish.

Boʻlinmalarni moliyalashtirish limitlarini hisoblab chiqish.

Filial faoliyatining barcha turlarini kompleks tarzda iqtisodiy tahlilini oʻtkazish. Filial faoliyati koʻrsatkichlari boʻyicha statistik hisobini olib borish, belgilangan muddatda hisobotlar tayyorlash hamda statistik materiallar tizimlashtirish.

Oʻz vakolat doirasida yoʻriqnomalar va metodik materiallarini tayyorlaydi.

Buxgalteriya bilan birgalikda ishlab chiqarish-xoʻajik faoliyati natijalarini hisoblash va tahlil qilish boʻyicha ishlarin metodik rahbarlik va tashkil qilishni amalga oshirish, hisob-kitob hujjatlarni ishlab chiqish.

Yangi oʻquv yiliga professor-oʻqituvchilar, oʻquv-yordamchi xodimlar, xoʻjalik va maʼmuriy-boshqaruv personalining mehnat haqi boʻyicha meʼyoriy bazani tuzish.

Mehyoriy bazani oʻzgarishini hosibga olgan holda shtat jadvalini toʻgʻrilash. Moliyalashtirish manbalarini hisobga olish.

Byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish boʻyicha xarajatlar va daromatlar smetalarini tuzish. Filialning byudjet moliyalashtirish boʻyicha limitlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazriligi va Moliya Vazirligi tomonidan tasdqilangandan soʻng xarajatlar va daromadlar smetasini toʻgʻrilash.

Ishchilar toifalari va boʻlinmalari boʻyicha byudjet va byudjetdan tashqari moliyalashtirish boʻyicha mehnat haqi mablagʻlari ajratilishini nazorat qilish.

Choraklar boʻyicha mehnat haqini toʻlash fondi va xarajatlar smetalarini tahlil qilish. Filialga xodimlar toifalari, mehnat haqini toʻlash, xarajatlar va daromadlar smetalari hamda statistik maʼlumotlar boʻyicha talab qilingan maʼlumotlarni taqdim qilish.