Dasturiy injiniring kafedrasi
Kafedra mudiri: Texnika fanlari nomzodi, dotsent Boynazarov Ilhom Maxmudovich Qabul vaqti: har kuni 15:00 dan 16:00 gacha Telefon: +998 97 716-25-01 E-mail: ilhomboy1974@gmail.com |
Kafedra tarixi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qarori asosidagi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi “TATU va uning hududiy filiallarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 188-son Qarori bilan tasdiqlangan TATU Samarqand filialining yangi tuzilmasi bo‘yicha tashkil topgan kafedra 2015-yil yanvar oyidan «Dasturiy injiniring» kafedrasi nomi bilan «Kompyuter injiniringi» fakulteti negizida ish faoliyatini boshlagan.
Yangi tashkil etilgan kafedraga axborot texnologiyalari va dasturlash sohasida katta tajribaga ega, amaliyotchi pedagog katta o’qituvchi Temur Rustamovich Soqiev mudir vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangan.
2016 yil fevral oyidan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Qarshiev Abduvali Berkinovich mudiri lavozimiga tayinlandi. 2021 yil mart oyiga qadar professor A.B.Qarshiev kafedrani boshqardi.
2021 yil aprel oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimiga texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Maxmudovich Boynazarov tayinlangan. Hozirgi vaqtda kafedrada jami 19 nafar professor-o’qituvchilar asosiy shtatlarda faoliyat olib bormoqda. Shulardan, 1 nafar fan nomzodi – professor, 2 nafar fan nomzodi dotsentlar, 2 nafar falsafa fanlari doktorlari (PhD), 6 nafari katta o’qituvchilar va 7 nafar assistentlar hisoblanadi. Kafedraning ilmiy salohiyati 26.3%ni tashkil etadi.
Ilmiy faoliyat:
Hozir kunda kafedrada 19 nafar ilmiy xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada 2021 yilda 61 ta ilmiy maqola (shundan, 11 ta “Scopus” va boshqa nufuzli xorijiy ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari jurnallarida, 20 ta xorijiy jurnallarda, 8 ta mahalliy OAK jurnallarida, 22 ta tezis, 1 ta o’quv qo’llanma, 4 ta o’quv-uslubiy qo’llanma nashr etildi, 5 ta dasturiy guvohnoma olindi.
Kafedra faoliyati davomida kafedra professor-o’qituvchilari o’quv-uslubiy, ilmiy-taqiqot va “ustoz-shogird” tizimida bir qancha samarali yutuqlarga erishdi. Jumladan, kafedra dotsenti Qarshiev Abduvali Berkinovich 2018 yilda “Oliy ta’lim muassasalarining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovida ishtirok etib, faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi va 2019 yilda 05.01.07- matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo’yicha professor unvonini oldi.
“Dasturiy injiniring” kafedrasi katta o’qituvchisi 2018-2020 yillarda TATU huzuridagi ilmiy tadqiqot markazida tanyach doktaroturada tahsil olgan F.Murodov (2020 y) va S.Iskandarova (2021 y) falsafa fanlari doktori (PhD) bo’yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va PhD ilmiy darajasini oldi.
Hozirgi kunda mustaqil tadqiqotchi sifatida kafedra a’zolaridan katta o’qituvchilar F.Axmedov, A.Qayumovlar kafedra professori A.B.Qarshiev rahbarligida, assistent M.SH.Ubaydullaev professor B.Eshpo’latov rahbarligida, assistent M.Shamiev dotsent Q.Bekmurodov rahbarligida, assistent M.Umarov TATU professori O’.Hamdamov rahbarligida, assistent U.Djumayozov O’zMU professori A.A.Xaldjigitov rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarali natijasi tufayli 2015-2016 o’quv yilida ilmiy salohiyat 12% tashkil etgan bo’lsa, 2020-2021 o’quv yilida 18.3% bo’lgan. 2021-2022 o’quv yiliga kelib bu ko’rsatkich 26.3% ga ko’tarildi.
Kafedra professor-o’qituvchilaridan 5 nafari 2014, 2015 yillarda Janubiy Koreya Respublkasidagi yuqori reytingga ega bo’lgan xalqaro universitetlarda 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida o’qib kelgan.
KAFЕDRA QOSHIDAGI LABORATORIYALAR:
- Natural language processing (NLP) laboratory - Tabiiy tildagi matnlarni tahlil qilish va dasturiy majmualarini ishlab chiqish ilmiy tadqiqot markazi. Ilmiy tadqiqot markazida 1 ta ilmiy-amaliy loyiha bajarilmoqda (225 mln so’m).
Loyiha nomi: O’zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish.
- Software Engineering o’quv ishlab chiqarish laboratoriyasi
- Incubation & Acceleration Center – yoshlarning innovatsion loyihalarini qo’llab-quvvatlash laboratoriyasi
BAKALAVRIAT ta’lim yo’nalishlari
60610600 - "Dasturiy injiniring”
5350600 - "Dasturiy injiniring”
MAGISTRATURA mutaxassisliklari
70610501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash, Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash, Axborot va multimedia texnologiyalari)
5A350501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalaviriat:
- Dasturlash I va Dasturlash II
- Algoritmlarni loyihalash
- Dasturiy injiniringga kirish
- Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash
- Dasturlash uslublari va paradigmalari
- Inson-kompyuter o`zaro ta'siri
- Dasturiy ta'minot arxitekturasi
- Dasturiy ta'minot sifatini ta'minlash
- Dasturiy ta'minot qurilmasi va evolyutsiyasi
- Dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish
Mutaxassislik tanlov fanlari:
- Dasturiy ta'minot talablari injiniringi
- Ma'lumotlarga dastlabki ishlov berish
- Amaliy dasturiy paketlar
- Parallel kompyuterlar arxitekturasi va dasturlash
- Dasturiy vositalarni testlash
- Tizimli dasturlash
- MATLABda dasturlash
Magistratura:
- Internet protokollar
- Amaliy tizimli tahlil
- Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish
- Ubiquiotus-sog'liqni saqlash
KAFEDRA PROFESSOR O’QITUVCHILARI
Kafedra mudiri: BOYNAZAROV Ilhom Maxmudovich
Professor: QARSHIЕV Abduvali Berkinovich
Dotsen: Bobojonov Boltaboy Bekjanovich
Dotsent: Iskandarova Sayyora Nurmamatovna
Dotsent: Muradov Farrux Abdukaxarovich
Katta o’qituvchi: Turimov Dilmurod Mustafoevich
Katta o’qituvchi: Karimov Marat Mamarajabovich
Katta o’qituvchi: Safarova Gulnoza Toshpulatovna
Katta o’qituvchi: Qayumov Aziz Asliddinovich
Katta o’qituvchi: Axmеdov Farrux Anvarovich
Katta o’qituvchi: Iskandarova Feruza Nurmamatovna
Assistent: Muxammadiеv Ilxom Maxmaraimovich
Assistent: Mamaеv Elyor Shavkatovich
Assistent: Umarov Muxriddin Abduxalil o’g’li
Assistent: Bobonazarov Akmal Alisherovich
Assistent: Maxmudov Rustam Zayniddinovich
Assistent: Badalova Maftuna Shuxratovna
Assistent: Djumayozov Umidjon Zafarjonovich
Assistent: Turkmеnova Ruxie Toxirovna