“Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish” bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

 G'aniyev Elbek Abdizoitovich

Telefon:  97 274 61 61

E-mail: 

Bo‘limning vazifalari

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi Vazirlar Mahkamasining 2018 йил 24 iyuldagi 569-son qarori bilan tasdiqlangan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining tuzilmasiga kiritilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashdan iborat bo‘lib universitetning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellectual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishdir. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish borasida iqtidorli talabalarni universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish, innovatsion ilmiy-ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan to‘garakalar faoliyatini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Bo‘lim tomonidan iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Eng yaxshi mustaqil ish» va «Chet tilidagi BMI va MD yuzasidan tayyorlangan eng yaxshi taqdimot» tanlovlari Nizomlari ishlab chiqildi.

         Bo‘lim boshlig‘ining huquqlari

         Bo‘lim boshlig‘i:

- bo‘lim hodimlariga zarur topshiriqlarni beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

- bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z vakolati doirasida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, zarur hollarda rahbariyatga bo‘lim nomidan takliflar kiritadi;

Bo‘lim boshlig‘ining majburiyatlari

         Bo‘lim boshlig‘i:

         - ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligiga javob beradi;

         - bo‘lim mutaxassislari tomonidan ichki mehnat tartibi va qoidalariga rioya etilishi hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun belgilangan tartibda javob beradi