Ishlar boshqarmasi
Ishlar boshqarmasi boshlig’i: Tugalov Xotam Igamberdiyevich Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (8:30-16:30) Telefon: (90) 276-07-01 E-mail: --------- |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2018-yil Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi va keyinchalik Ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozim vazifalari:
• Filial ishlar boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Prezident farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda boshqa idoralarning me’yoriy hujjatlariga asoslangan holda filialning ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid ishlariga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
• boshqarmaning barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;
• boshqarmaning joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
• boshqarmaning yil davomida olib borgan faoliyati natijasi bo‘yicha hisobotini tayyorlaydi;
• boshqarmaning ish rejasi, yo‘riqnomasi, nizomi, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiq uchun taqdim etadi;
• boshqarma faoliyatini filial va bo‘limlar faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;
• boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan hujjatlarni o‘z huquq va vakolati doirasida tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
• boshqarma xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tomonidanamaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar qilishi, faolllik ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi;
• boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishi, xodimlar tomonidan mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishi hamda qo‘l ostidagi xodimlarning ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib boradi;
• moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek topshirilgan vazifaga nisbatan har bir xodimning va jamoaning mas’uliyatini oshirishga oid masalalarni hal etishni ta’minlaydi;
• boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;
• xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi xolatini doimiy nazorat qiladi;
• Filial hududi va binolariga xodimlar hamda boshqa shaxslarning kiritilishi hamda chiqarilishi shuningdek, moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni kiritilishi hamda chiqarilishi ustidan to‘liq nazoratni olib boradi;
• Filial xodimlari tomonidan moddiy boyliklardan unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini ko‘radi;
• Filial balansida bo‘lgan moddiy qiymatliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;
• xodimlarni moddiy javobgarlik haqidagi joriy qonunlar bilan, shuningdek unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, ro‘yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog‘liq amaldagi yo‘riqnomalar, me’yorlar va qoidalar bilan tanishtiradi;
• Filial balansidagi barcha moddiy qiymatliklarni yaxshi va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar hisoblanadi;
• ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid barcha qilingan ishlar yuzasidan filial rahbariyatiga hisobot berib boradi.
• xo‘jalik ishlariga oid masalalar bo‘yicha filial ilmiy Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari va farmoyishlarini bajarilishini tashkil etadi.
• ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta’minlaydi.
• byudjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirish maqsadida kichik va o‘rta biznes bo‘limlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
• kapital ta’mirlash, joriy ta’mirlash, kommunal xizmatlari va elektr energiya harajatlarini belgilangan darajada tejamli sarflanishini nazoratga olish va moliyaviy harajatlarni tahlil qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilib oladi hamda sifatiga javob beradi.
• ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan sharnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar beradi.
• o‘rnatilgan tartibda filialning yillik reytingini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshiradi.
• filialning moddiy-texnika bazasi va uni hozirgi zamon talabiga javob berish uchun qilinadigan ishlar, filial hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish rejalarini tuzish rejasini tuzish. O‘quv binolari va Talabalar turar joylaridagi binolarni o‘t o‘chiruvchi anjomlar bilan to‘ldirish, unga ketadigan moliyaviy harajatlarni nazoratga oladi.
• o‘quv-laboratoriya binolari va filialning boshqa inshootlarining (issiqlik va gaz tarmog‘i, suv, elektr, aloqa ta’minoti) avariyasiz holatini tashkil qiladi.
• filialning xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha ish olib boradi.
• filialda va Talabalar turar joylaridagi tozalikni, olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini nazorat qilish va moliyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal etadi.
• o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida hozirgi zamon talabidagi o‘quv uskunalari va asboblari, o‘qitishning texnik qurilmalari hamda stol-stullarni kerakli xonalarda yangilash ishlarini olib boradi, ularga ketadigan moliyaviy harajatlarni smeta asosida nazoratga oladi.
• filial xo‘jalik faoliyatining asosiy turlari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy smeta, harajatlarni yillik va kelajak rejalarini tayyorlashini va bajarilishini ta’minlaydi.
• mehnatni muxofaza qilish, yongin va texnika xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar tashkil etish, kvalifikasiya hay’ati ishini tashkil etadi va injener-texnik xodimlarning malakasini oshiradi.
• o‘quv jarayonini ta’minlash maqsadida jihozlar, qurilmalar va materiallar sotib olish, maishiy-ijtimoiy binolar va yotoqxonalarni mebel hamda inventarlar bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzadi.
• filial hududidagi xonalarni, sport inshootlarini, jihozlarni ijaraga berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni ekspert baholashni amalga oshiradi.
• mehnat va turmush sharoitini normallashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sanitar va profilaktik sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy ko‘riklar, emlash, dezinfeksiya va boshqalarni o‘tkazadi, jamoatchilik asosida ishlovchi to‘garaklarni va filial miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarni moddiy jihatdan ta’minlaydi (havaskorlik to‘garaklari, sport seksiyalari va boshqalar).
• filialni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o‘tkazish, tashqi attestasiya-akkreditasiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etadi.
• jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va filial rektorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni Ishchi guruh a’zolari bilan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqadi, murojjatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
• amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajaradi.
Texnik-foydalanish va xo’jalik bo’limi boshlig’i: Hamroyev Doston Rustam o‘g‘li Qabul vaqti: Dushanbadan-Shanbagacha Telefon: (94) 287-88-83 E-mail: --------- |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2022-yildan boshlab Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari:
- Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish;
- Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- Filial binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;
- Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;
- O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;
- Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
- Jihozlarni inventarizasiyadan o‘tkazish;
- Xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
- Filialga tashrif buyurgan mexmon va delegasiyalarni qabuli bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
- Filial atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
- Filialda o‘tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarini tashkil qilishi;
- Binolarda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkil qilish.
Bosh muhandis: Shavkatov Soxib Sirojidin o'g'li Qabul vaqti: Dushanbadan-Shanbagacha Telefon: 99 361 47 23 E-mail: |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2022-yildan boshlab Bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bosh muhandis lavozim vazifalari:
- Filialning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
- Filialning muhim obyektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatasiya qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- Filialning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va ish qabul qilish;
- Kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuasiya rejasini tayyorlash;
- Filialning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir obyekt uchun aloxida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
- Mavjud obyektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishda qatnashish;
- Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishining nazoratini amalga oshirish;
- Bo‘ysunuvchi shubalarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
- Filialning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
- O‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish;
- O‘z vakolatlari doirasida buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
- Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
- Filialda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni nazorat qilish;
- O‘z bo‘ysunuvidagi shubalar uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
- Filialga tegishli mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.
O‘qitishning texnik vositalar bo‘limi 1-toifali muhandisi: Maxkamov Abdulloh Xasanovich Telefon: (94) 141-33-99 E-mail: _ _ _ _ |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2023-yildan boshlab O‘qitishning texnik vositalar bo‘limi 1-toifali muhandis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘qitishning texnik vositalari bo‘limi 1-toifali muhandis lavozim vazifalari:
- Jadval bo‘yicha kompyuter o‘quv sinflardagi va filial tarkibiy bo‘limlaridagi barcha kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini profilaktika qilish, reja-ogohlantirish ishlarini olib borish;
- Tushgan buyurtmalar bo‘yicha kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalarini ta’mirlanishini vas oz holatda bo‘lishini ta’minlash;
- Texnika vositalar (kompyuter, tashkiliy texnika audio-videotexnika) uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash;
- Texnik vositalar ishlatilish jarayonida yuz bergan nosozliklarni tezkor bartaraf etish;
- Texnika vositalar barcha qurilmalarini uzluksiz ishlashini doimo nazorat qilib turish;
- Bajarilgan profilaktika, ta’mirlash ishlari bo‘yicha xisobotni olib borish va maxsus daftarga qayd etish.
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandis: Xonimqulov Islom Ergash o‘g‘li O’qitishning texnik vositalar bo’limida 1-toifali muhandis Telefon: (94) 750-37-77 E-mail: |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2023-yildan boshlab Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi bo‘yicha muhandis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandisi: Davronov Orzu Xaydarovich Telefon: (91) 944-28-25 E-mail: |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2023-yildan boshlab Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.