Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi boshlig’i
Isroilov Shuxrat Yuldashovich Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma (13:00-17:00) Telefon: +99897 910 85 86 Elektron pochta: i.shuha84@gmail.com |
Bo‘limining vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2789 sonli “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitati Samarqand filialida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda TATU Samarqand filiali Ustavi va Kengashi qarorlari, TATU SF direktorining buyruqlari ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda filialda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini hamda fan va texnika sohasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni muvofiqlashtirish, ustuvor, istiqbolli va ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil qilish faoliyatini amalga oshiradi.
- Filial fakultet va kafedralari, ilmiy laboratoriyalari va bo‘limlarida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ularni bajarilishini tashkillashtirish, tegishli amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, o‘rnatilgan tartiblar asosida hisobotlar tayyorlanishi nazorat qilish.
- Doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD)ga filial parofessor-o‘qituvchilarining qabul qilinishini motinoring qilish, fakultet va kafedralarning ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlash strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Filial olimlarini chet el va davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralar yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini ta’minlash.
- Filial bazasida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirokida xalqaro, respublika va mahalliy miqyosdagi ilmiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish va ularning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.
- Fakultet va kafedralarda talabalar ilmiy to‘garaklari, yosh olimlar va talabalar jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ularning samarali faoliyat yuritishini tashkil qilish. Yosh olimlar va iqtidorli talabalarni mablag‘li ilmiy ishlarga jalb qilinishini muvofiqlashtirish.
- Yosh olimlar, iqtidorli talabalar va magistrantlarning fan olimpiadalari, stipendiya tanlovlari va boshqa turli ilmiy tanlovlarda faol ishtirokini ta’minlash hamda ularni bu jarayonga maqsadli tayyorlashni tashkillashtirish. Iqtidorli yoshlarni fan olimpiadalari, Prezident nomidagi va atoqli shaxslar nomidagi stipendiyalarga tayyorlash va ularni faol ishtirokini ta’minlash.
- Ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra monografiya, maqola va konferensiya materiallarini nashr qilish rejasini ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash.
- Kafedralarda “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ hamkorligi” sohasida olib borilayotgan ishlar monitoringini olib borish.