Kadrlar boʻlimi

Kadrlar boʻlimi boshligʻi

Shakarova Xuram Ziyaevna

Qabul kunlari: Har kuni

Telefon: +998662322638

E.mail:shakarova@samtuit.uz

 

 

Xodimlar bo’yicha muxandis

 

Qabul kunlari:

Telefon: 

 E.mail: 

 

Kadrlar bo‘limining maqsadi va vazifalari.

 Kadrlar bo‘limi filialning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi, u filial Ustaviga, mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari,  filial buyruq va ko‘rsatmalarini   dasturda amal qiladi.

      Toshkent axborot texnologiyalari universitetining  filiallar uchun tarkibiy  tuzilma O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» PQ-91 son qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan.

         Asosiy vazifalari:

  1. a) shaxsning intellektual, madaniy va ma’rifiy kamol topishiga bo‘lgan   ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish hamda kasbiy jihatdan  o‘sishi va  mukamallikka erishishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  2. b) o‘qituvchilar va mutaxassislarni qayta tayrlash va malakasini oshirish;
  3. v) ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilishda faol qatnashish;
  4. g) o‘quv jarayoniga ta’limning yangi texnologiyalarini kiritish va ulardan samarali foydalanishdan iborat

   Kadrlar bo‘limi tarkibida ish turlari bo‘yicha quyidagi guruhlar   belgilangan:

  1. a) professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy va xizmat   

         ko‘rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;            

  1. b) talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash.
  2. v) kadrlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq ish yurituvchilar tomonidan ish olib boriladi;

  ma’muriy-boshqaruv, muxandis-texnik, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv-yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan  xamkorlikda ish olib boradi;

  filial barcha toifadagi xodimlarini ishga olish, mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish hamda mehnat shartnomalarini bekor qilish haqidagi buyruq loyixalarini ishlab chiqish;

   filial ilmiy-pedagogik xodimlar   hamda  talabalarning shaxsiy ishini yuritadi va vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi;

 Mehnat daftarchasi yuritadi va ularni hisobga oladi, saqlaydi, xar bir xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YaMMT tizimiga kiritib borish xamda yangilab turish;  xorijga xizmat safariga  borayotgan  xodimlarga shaxsiy    varaqalarini rasmiylashtirish;   filialning barcha toifadagi xodimlariga shaxsiy guvohnoma  rasmiylashtirish;birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi qoshidagi nafaqa     masalalari bo‘yicha komissiya bilan birgalikda filial    xodimlarga nafaqa  tayinlash uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash;  xar bir yil uchun  mehnat ta’til jadvali tuzish;   aholini ish bilan band qilish markaziga hisobot taqdim etib    borish, filial bo‘limlariga mehnat tartibi va mehnat  qonunchiligiga rioya  qilishda yordam berishni amalga oshiradi. Kadrlar bo‘limi  bo‘limlarda shtat jadvali tartibiga rioya   kilinishni nazorat qiladi va aniqlangan kamchiliklarni     bartaraf etish choralarini-ko‘radi. Kadrlar bo‘limi xodimlari  o‘z ish malakalarini oshirishi, mehnat qonunchiligini bilishi,    filial ichki tartib qoidalariga amal qilishi, hamda o‘z ustida    ishlash majburiyatlarini oladi.