Tabiiy fanlar

   Kafedra mudiri Fizika-matematika fanlari doktori, professor     

   Yaxshiboev Maxmadiyor Umirovich

   Qabul vaqti: Dushanba-Juma (13:30-15:30 gacha)

   Telefon: +998 979227246

   E-mail: m.yakhshiboev@gmail.com

 

 

“Tabiiy fanlar” kafedrasi tarixi va faoliyati

“Tabiiy fanlar” kafedrasi 2005-yil 29-avgustda tashkil etilgan. Kafedra tashkil etilgan paytda 6 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, unda 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Kafedraning ilmiy salohiyati 100 foizni tashkil etgan. Mazkur kafedra tomonidan asosan oliy matematika va fizika fanlari o‘qitilgan.

2005–2016-yillar davomida kafedraga dotsent M.U. Yaxshiboyev mudirlik qilgan. Ushbu davr mobaynida kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritganlar: professorlar B.K. Amonov, B. Eshpulotov; dotsentlar M.U. Yaxshiboyev, U.X. Narzullayev, S.R. Muxiddinov, B. Tursunqulov, M. Sultonov, T. Maxmatqulov, A.M. Musayev, R.K. Turniyazov, T.M. Maxkamov, O. Vaxobov, U. Jo‘rayev, T. Hakimov, Q. Qarshiyev, R. Xamitov, M. Abduraximov, X. Boymurodov, G‘. Do‘stmurodov, R. Sultonov, Q. Ochilov, E. Qurbonov, M. Kuliyeva; katta o‘qituvchilar X. Xasanov, U. Qalandarov, O. Ravshanov, O. Sindarov, Z. Ruziyeva, A. Xolmanov, Z. Mamatov, U. Azimov, A. Diyorov; assistentlar S. Manonova, T. Mirzayev, F. Muxammadiyev, A. Olmasov, A. Xotamov, E. Turdiyev, Sh. Eshmirzayev hamda kafedra laboranti K. Ruziyeva.

                 Tabiiy fanlar kafedrasi a’zolari, 2013 yil

2013-yilda “Tabiiy fanlar” kafedrasi tarkibidan “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi ajralib chiqdi.

2017-yildan 2022-yil 16-fevralgacha kafedraga dotsent Sh.A. Asrarov mudirlik qilgan. 2017–2022-o‘quv yillari davomida kafedrada kafedra mudiri dotsent Sh.A. Asrarov, professor R. Indiaminov, dotsentlar M.U. Yaxshiboyev, U.X. Narzullayev, D. Xujanova, katta o‘qituvchilar D. Fozilov, A. Kurbaniyazov, U. Azimov, A. Diyorov, assistentlar Sh. Uralov, J. Rajabov, G. Shirinov hamda kabinet mudiri F. Muradova faoliyat olib borgan.

2022-yil 16-fevraldan hozirgi kunga qadar kafedraga professor M.U. Yaxshiboyev mudirlik qilib kelmoqda.

2022–2025-o‘quv yillari davomida kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritgan: kafedra mudiri professor M.U. Yaxshiboyev, professorlar R. Indiaminov, T. Maxmatqulov, dotsentlar U.X. Narzullayev, G‘. Do‘stmurodov, Sh. Asrarov, F. Ishanqulov, D. Xujanova, D. Fozilov, A. Kurbaniyazov, M. Nurmanova, katta o‘qituvchilar B. Davronov, O. Sayidov, U. Azimov, A. Diyorov, assistentlar Sh. Uralov, J. Rajabov, G. Shirinov hamda kabinet mudiri F. Muradova.

2025–2026-o‘quv yilida kafedra tarkibida kafedra mudiri professor M.U. Yaxshiboyev, professorlar R.Sh.Indiaminov, U.X.Narzullayev, T.Maxmatqulov, dotsentlar G‘. Do‘s-tmurodov, Sh.Asrarov, F.Ishanqulov, A.Kurbaniyazov, F.Xolyarova, I.Niyozov, M. Nur-manova, T. Ortiqov, A. Fozilov, katta o‘qituvchilar B. Davronov, F. Maxmudov, H. Qudratov, U. Mo‘minov, D. Latipova, Sh. Latipov, O. Sayidov, U. Azimov, A. Diyorov, assistentlar Sh. Uralov, J. Rajabov, G. Boboqambarova hamda kabinet mudiri Ye. Kamoliddinova faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 20,5 shtat birligida 25 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 64,5 % ni tashkil etadi. Kafedra tomonidan 8 ta fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tarkibi 4 nafar professor, 9 nafar dotsent, 9 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar assistentdan iborat. Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi 45 yoshni tashkil etadi.

Barcha professor-o‘qituvchilarning tayanch ma’lumoti kafedra mutaxassisligiga mos bo‘lib, ularning 14 nafari matematika, 7 nafari fizika, 2 nafari ekologiya hamda 3 nafari qurilish mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega.

Kafedra assistenti G. Shirinov 2021-yildan boshlab 01.04.04 – “Fizik elektronika” ixtisosligi bo‘yicha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasi doktoranturasida tahsil oldi. U 2025-yil 10 iyunda dissertatsiyasini himoya qildi.

Tabiiy fanlar kafedrasi a’zolari, 2026 yil

Kafedraning o‘quv, ilmiy va ma’naviy faoliyati

Kafedra professor-o’qituvchilari bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarida quyidagi fanlardan dars mashg‘ulotlarini olib boradi:

  1. Hisob (Calculus) – 1, 2.
  2. Fizika – 1, 2.
  3. Differensial tenglamalar.
  4. Chiziqli algebra.
  5. Hayot faoliyati xavfsizligi.
  6. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish.
  7. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika.
  8. Atrof-muhitni muhofaza qilish.

So‘nggi 20 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-uslubiy faoliyat doirasida salmoqli natijalarga erishilgan. Jumladan:

  • 5 ta darslik,
  • 24 ta o‘quv qo‘llanma,
  • 7 ta monografiya,
  • 54 ta uslubiy qo‘llanma,
  • 42 ta uslubiy ko‘rsatma,
  • 8 ta ma’ruza matni,
  • 7 ta o‘quv-uslubiy majmua nashr etilgan.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:

  • 84 ta xalqaro ilmiy jurnalda,
  • 57 ta respublika ilmiy jurnallarida,
  • 25 ta oliy ta’lim muassasalari ilmiy to‘plamlarida,
  • 255 ta xalqaro ilmiy konferensiyalarda,
  • 245 ta respublika ilmiy anjumanlarida,
  • 24 ta OTM miqyosidagi konferensiyalarda

ilmiy maqola va tezislar chop etilgan.

Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 4 ta uslubiy qo‘llanma tayyorlanib nashr etilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining mukofotlari

Kafedra a’zolari o‘zining samarali pedagogik va ilmiy faoliyati bilan turli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

  • Professor Yaxshiboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-iyundagi farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlangan.
  • Professor Maxmatqulov esa “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
  • Narzullayev U.X. 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘z kasb ustasi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
  • Narzullayev U.X. 2006, 2011 va 2016-yillarda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15, 20 va 25 yil” esdalik nishonlari bilan mukofotlangan.
  • Narzullayev U.X. 2024-yil 24-sentabrdagi 352-sonli buyruqqa asosan “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Shuningdek:

  • 2012-yilda professor Yaxshiboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. Xodiyev tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlangan.
  • 2013-yil 30-sentyabrda professor Yaxshiboyev viloyat hokimi Z. Mirzayev tomonidan ham faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan.
  • Narzullayev U.X. 2017-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
  • 2024-yilda professor Yaxshiboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Faxriy yorliq bilan mukofotlangan.

Talabalar bilan ilmiy faoliyat

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga 6 nafar talaba jalb etilgan. Talabalarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-axloqiy hamda tashabbuskorlik faoliyatlari natijasida 2025-yilda 2 nafar talaba muhim yutuqlarga erishgan.

Jumladan:

  • AKT KT 22-01 yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Davronov Mirziyod Jalolidin o‘g‘li o‘quv va jamoat ishlaridagi faolligi, tashabbuskorligi va intiluvchanligi tufayli “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya” sovrindori bo‘ldi.
  • Talaba Marifov esa quyidagi yutuqlarga erishgan:
    • “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kursi granti sohibi;
    • fizika fan olimpiadasining respublika bosqichi ishtirokchisi;
    • 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi;
    • 3 ta dasturiy guvohnoma egasi;
    • ICPC dasturlash musobaqasining nimchorak final bosqichi ishtirokchisi;
    • “Yil talabasi – 2024” tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha filial bosqichi g‘olibi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga muvofiq, AX23-08-guruh talabasi Muhiddinov Nurmuhammadxon Fozilxon o‘g‘li X.Narzullayev rahbarligida qo‘llab-quvvatlanib, fan olimpiadalari va tanlovlarda faol ishtirok etish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. 2025-yil 20-oktyabrdagi buyruqqa asosan mazkur talaba Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi bo‘lgan. Shuningdek, 2023-yilda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kursida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan (vazirlik xati bilan tasdiqlangan).

 

Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish

Kafedrada fizika fanidan virtual laboratoriya mashg‘ulotlari muntazam ravishda yangilanib borilmoqda. Elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanilmoqda hamda LMS va HEMIS platformalari orqali masofaviy ta’lim tizimi joriy etilgan.

Shuningdek, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida ham tegishli ishlar olib borilmoqda.

So‘nggi yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan:

  • “TATU xabarlari”,
  • “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari”,
  • Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadigan ilmiy jurnallarda 40 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan.

Bundan tashqari, xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasalari konferensiyalarida 250 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr qilingan.

Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat

Kafedrada talabalar bilan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib boriladi. Ushbu tadbirlarda talabalarga:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va farmoyishlari,
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni,
  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,
  • odob-axloq qoidalari,
  • universitetning ichki tartib-qoidalari

haqida tushuntirish ishlari olib boriladi.

Talabalar universitet miqyosida o‘tkaziladigan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar va bayramlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Murabbiylar tomonidan talabalarning tarixiy-madaniy obidalarga sayohatlari ham tashkil etiladi. Jumladan, Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Afrosiyob shaharchasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom al-Buxoriy maqbarasi kabi tarixiy maskanlarga ekskursiyalar uyushtiriladi.

Ma’naviyat va ma’rifat soatlarida quyidagi mavzularda suhbat va davra suhbatlari tashkil etiladi:

  • Muomala madaniyati
  • Xalq an’analari va urf-odatlari yoshlar tarbiyasining asosi
  • Buyuk allomalarimizning ibratli hayoti
  • Ogohlik – davr talabi
  • Zilzila va yong‘in xavfsizligi
  • Terrorizmga qarshi kurash
  • Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish

 

Professor M. Yaxshiboyevning yozgan kitoblari tag’dimoti , 2021 y.

Talabalar turar joyida “Kafedra kunlari”ni o‘tkazish

Talabalar turar joylarida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini kuchaytirish hamda professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish maqsadida “Kafedra kunlari” muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqotlar, davra suhbatlari va ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazadilar. Tadbir jarayonida talabalarga o‘qish jarayoni, ilmiy tadqiqot ishlari, zamonaviy texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

       “Kafedra kunlari” doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshiriladi:

  • talabalarning o‘quv jarayonidagi muammolari va takliflarini o‘rganish;
  • iqtidorli talabalarni aniqlash hamda ularni ilmiy to‘garaklarga jalb etish;
  • fanlarga qiziqishni oshirish maqsadida ilmiy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etish;
  • ma’naviy-ma’rifiy mavzularda davra suhbatlari o‘tkazish;
  • talabalar o‘rtasida turli intellektual tanlovlar va viktorinalar tashkil etish.

Shuningdek, tadbir davomida talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari bilan tanishilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.

Talabalar turar joyida, 2025 yil

Talabalar turar joyida, 2026 yil

Tabiiy fanlar kafedrasi a’zolari direktor kubigida 2-o’rin

Tabiiy fanlar kafedrasi a’zolari daraxtlar ekishmoqda

TABIIY FANLAR KAFEDRASINING 2025 YILDA AMALGA OSHIRILGAN ILMIY-USLUBIY ISHLARI

Кafedraning o‘quv-uslubiy ishlari

Darsliklar

  1. G‘aziyev A., Soleyev A., Yaxshiboyev M., Arziqulov A. Oliy matematika. 1-qism (2-qayta nashr). Universal darslik. Toshkent, 2024. – 576 bet.
  2. G‘aziyev A., Soleyev A., Yaxshiboyev M., Arziqulov A. Oliy matematika. 2-qism (2-qayta nashr). Universal darslik. Toshkent, 2024. – 440 bet.
  3. G‘aziyev A., Soleyev A., Yaxshiboyev M., Arziqulov A. Oliy matematika. 3-qism (2-qayta nashr). Universal darslik. Toshkent, 2024. – 464 bet.
  4. Narzullayev U.X. Lineynaya algebra. Darslik. ARTEX NASHR, Samarqand, 2025. – 240 bet.

 

 

O‘quv qo‘llanmalar

  1. Indiaminov R.Sh., Narkulov A.S., Abdullayev A.A. Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish. O‘quv qo‘llanma. STEP-SEL MCHJ nashriyoti, 2025. – 234 bet.
  2. Narzullayev U.X., Zaynalov N.R., Nazarov U.A., Sayfulloyev S.S. Dasturlash asoslari: masalalar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. Samarqand davlat universiteti nashriyoti, 2025. – 316 bet.
  3. Narzullayev U.X. Сборник задач по алгебре. Часть 1. Учебное пособие. Издательство СамГУ, 2026. – 257 с.
  4. Narzullayev U.X. Сборник задач по алгебре. Часть 2. Учебное пособие. Издательство СамГУ, 2026.- 252 с.
  5. Narzullayev U.X. Сборник задач по алгебре. Часть 3. Учебное пособие. Издательство СамГУ,  2026.- 248 с.
  6. Narzullayev U.X. Алгебра и теория чисел. Часть 1. Учебное пособие. LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH&Co.KG, 2012, Germany 217 стр. https://kaspi.kz/shop/p/ulugbek-narzullaev-algebra-i-teorija-chisel-sbornik-zadach-i-uprazhnenii-chast-1--115115170/?srsltid= AfmBOop bRatZofdZ4UC7 LBQlQB4VE4cEJ UNaRnUiu Yri6PAqTkhFHGzj.
  7. Narzullayev U.X. Алгебра и теория чисел. Часть 2. Учебное пособие. LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH&Co.KG, 2012, Germany 277 стр. https://kaspi.kz/shop/p/ulugbek-narzullaev-algebra-i-teorija-chisel-sbornik-zadach-i-uprazhnenii-chast-2-115113806/?srsltid=AfmBOoqC-ntGj5WuBxuQjv_NA .
  8. Narzullayev U.X. Алгебра и теория чисел. Часть 3. Учебное пособие.

LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH&Co.KG, 2012, Germany 194 стр. https://www.amazon.ca/Algebra-teoriya-chisel-Sbornik-uprazhneniy/dp/ 3659122041.

  1. Narzullayev U.X. Алгебра и теория чисел. Часть 4. Учебное пособие. LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH&Co.KG, 2012, Germany 165 стр. https://market.yandex.ru/product--algebra-i-teoriia-chisel-chast-4/1781909978? showOriginalKmEmptyOffer=1).
  2. Narzullayev U.X., Soleev A.S., Ro’zimurodov X.X. Algebra va sonlar nazariyasidan masala va mashqlar. 1-qism. O‘quv qo‘llanma. Samarqand. SamDU. 2020 yil, - 223 b.
  3. Narzullayev U.X. Soleev A.S., Ro’zimurodov X.X. Algebra va sonlar nazariyasidan masala va mashqlar. 2-qism. O‘quv  qo‘llanma. Samarqand. SamDU. 2021 yil, -  232 b.
  4. Narzullayev U.X. Soleev A.S., Ro’zimurodov X.X., Nosirova H.N. Algebra va sonlar nazariyasidan masala va mashqlar. 3-qism. O‘quv  qo‘llanma. Samarqand. SamDU. 2021 yil,-  241 b.
  5. Narzullayev U.X. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar. O‘quv qo‘llanma. Тафаккур нашриёти. Тошкент-2013.- 171 б.
  6. Safarov B.Sh., Narzullayev U.X., Zaynalov N.R., Porsayev G’.M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. SamDU nashriyoti, 2019. – 272 b.

Uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar

  1. Yaxshiboyev M., Sayidov O., Fozilov D., Uralov Sh. Hisob (Calculus) – 2 fanidan sirtqi bo‘lim talabalari uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand, SamDU nashriyoti, 2025. – 84 bet.
  2. Yaxshiboyev M.U., Diyorov A., Ishanqulov F. Ehtimollik va statistika fanidan sirtqi bo‘lim talabalari uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand, SamDU nashriyoti, 2025. – 132 bet.
  3. Yaxshiboyev M.U., Fozilov D., Ishanqulov F. Teoriya veroyatnostey i matematicheskaya statistika bo‘yicha metodik qo‘llanma. Samarqand, 2025. – 200 bet.
  4. G‘. Do‘stmurodov, Sh. Asrarov, D.Sh. Xujanova, U. Azimov. Fizika fanidan ma’ruzalar to‘plami (1–2 qism). Samarqand, ARTEX nashriyoti, 2025. – 200 bet.
  5. U. Azimov, J. Rajabov. Fizika – 2 fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. 2025-yil 31-yanvar.
  6. Sh.A. Asrarov, G‘. Do‘stmurodov, D.Sh. Xujanova, U. Azimov. Fizika fanidan ma’ruzalar to‘plami. 1-qism. Samarqand, 2025. – 192 bet.

Tayyorlangan monografiyalar

  1. Indiaminov R.Sh., Narkulov A.S. Plastinka magnitoelastikligi modellari. Monografiya. Samarqand, 2025. – 135 bet.
  2. Ishanqulov F.T. Obobshyennыx garmonicheskix funksiy na derevyax. Samarqand, 2025. – 89 bet.
  3. Narzullayev U.X. Lokalno-trivialniye kogomologii i ix primeneniye v algebraicheskoy geometrii. Samarqand, 2025. – 82 bet.
  4. Kurbaniyazov A. S-elektronlarning ionlash potensiallariga ta’siri va nodir yer elementlari elektronlari bog‘lanish mustahkamligini tadqiq etish. Samarqand, 2025. – 99 bet.
  5. Nurmanova M.U. Gigroskopik materiallar uchun issiqlik ishlab chiqaruvchi quyosh qurilmasini yaratish. Samarqand, 2025. – 138 bet.

Xalqaro yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan maqolalar

2025-yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Scopus va boshqa xalqaro bazalarda indekslanadigan jurnallarda bir qator ilmiy maqolalar chop etildi. Jumladan:

  1. Marat Karimov, Makhmadiyor Yakhshioev, Rakhimova Feruza and Yadgarova Lola. Modeling of groundwater flow in a multilayer porous medium based on a nonlinear mathematical model, Proc. SPIE 13662, Fourth International Conference on Digital Technologies, Optics, and Materials Science (DTIEE 2025), 136620J (5 June 2025); https://doi.org/10.1117/12.3072569 (Scopus).

2.Indiaminov R., Djuraev A., Shodmonov J., Indiaminov M.  Nonlinear strain of flexible shells in a magnetic field //  Scopus   Journal AIP Conference Proceedings. 3265, 050015 (2025). https://doi.org/10.1063/5.0265269.

  1. Eshkobilov N. B., Haidarov Sh. R., Kurbaniyazov A. S. Tear-threshold laser spectroscopy of Rydberg and autoionization states of thallium atom. Journal of Applied Spectroscopy. Vol. 92, No. 5. Scopus
  2. N. B. Eshkobilov, Sh. R. Haidarov, A. S. Kurbaniyazovb A New Approach to Technologies for Obtaining Pure Substance From Rock Using Laser Radiation. AIP Springer. Vol 2. P.157-169
  3. Zainalov N.R., Narzullaev U.Kh., Nasriddinova P.F., Sharipova U.B Current State of the E-Government Development Index in Uzbekistan. Innovative: International Multi-disciplinary Journal of Applied Technology. (ISSN 2995-486X) volume 03 issue 1, 2025 https://multijournals.org/index. php/innovative/article/view/2961/3428
  4. 6. Ravshan Indiaminov., Adiljon Djuraev., Sulton Khakberdiyev., Sobir Kholjigitov., Shukhrat Nematov. Nonlinear models of viscoelastic plates and shells // Q3 Scopus Vibroengineering Procedia. Article ID: 25231; Draft date: 2025-12-08 20:45 UTC Submitted to Vibroengineering Procedia (2025). Q3 Scopus  jurnaliga qabul qilingan. 
  5. Ravshan Indiaminov., Akram Narkulov., Sulton Khakberdiyev., Ruslan Butayev., Shukhrat Nematov., Muhammad Indiaminov. Magnetoelastic oscillation of current-carrying plates in an alternating magnetic field // Q3 Scopus Vibroengineering Procedia. Article ID: 25225; Draft date: 2025-12-06 19:52 UTC Submitted to Vibroengineering Procedia (2025).  (Q3 Scopus )
  6. Zainalov N.R., Narzullayev U.X., Nasriddinova P.F., Sharipova U.B. Current State of the E-Government Development Index in Uzbekistan. // Innovative: International Multi-disciplinary. Journal of Applied Technology. VOLUME 03, ISSUE1, - 2025. https://multijournals. org/index.php/innovative/article/view/2961/3428.

 

Respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda

chop etilgan maqolalar

2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda 15 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan. Ular orasida yer osti suvlarini modellashtirish, magnitoelastik jarayonlar, fizika ta’limi metodikasi, kvadratik stoxastik operatorlar, quyosh kollektorlarining samaradorligi kabi dolzarb ilmiy yo‘nalishlarga bag‘ishlangan tadqiqotlar mavjud.

  1. Yaxshiboyev M.U., Karimov M.M. Chislennыy algoritm resheniya zadachi nelineynoy trexmernoy matematicheskoy modeli prognozirovaniya izmeneniya urovnya gruntovыx vod. Mejdunarodnыy jurnal teoreticheskix i prikladnыx voprosov sifrovыx texnologiy. 2025 T. 8 (1). – S. 144-157.   ISSN2181-3086. DOI: https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i1.243.
  2. Eshkobilov N. B., Xaydarov Sh. R., Kurbaniyazov A. S. Okoloporogovaya lazernaya spektroskopiya ridbergovskix i avtoionizasionnыx sostoyaniy atoma talliya. T. 92, № 5 jurnal prikladnoy spektroskopii, sentyabr — oktyabr 2025, C. 689-695.
  3. Asrarov Sh.A., Mujdabaev I.Sh., Uralov Sh. «Talabalarning fizikadan masalalar echish ko’nikmalarini shakllantirish va nazorat ishlarini tashkillashtirish» mavzusidagi maqola «Science and Education in the 21 Century» xalqaro ilmiy-metodik jurnal 1-tom, 2-son chop etishga qabul qilingan. 2025-yil.
  4. Rajabov J.A. “Texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida fizika ta’limining xususiyatlari”, fan, jamiyat va innovatsiyalar scientific journal, Volume 3, Issue 27 october 2025.

5.Rajabov J.A.   “Problems and solutions in teaching physics at technical higher education institutions”, universal journal of academic and multidisciplinary research volume 3, issue 29, october 2025

6.Rajabov J.A., Xoliqov Q.T.  “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘limini o‘qitish muammolari haqida”, Central asian journal of academic research IF=8.8, Volume 3, Issue 10, October 2025

  1. Narzullayev, U. Siklicheskiye gruppы lokalno-trivialnыx kogomologiy Serra. Mejdunarodnыy Jurnal Teoreticheskix i Prikladnыx Voprosov Sifrovыx Texnologiy, 8(4), 2025. 93–97. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i4.308
  2. Indiaminov R.Sh., Yusupov N.K., Nematov Sh.U., Khakberdiev S.N. Modeling of magnetoelastic oscillations of thin plates in a magnetic field. Raqamli tyexnologiyalarning nazariy va amaliy masalalari xalqaro jurnali tom 8, № 2, 2025
  3. Indiaminov, R., Djurayev, A., Mirsaidov, B., Nematov, Sh., & Indiaminov, M. (2025). Matematicheskoye modelirovaniye i chislennoye issledovaniye magnitouprugix effektov v tonkix tokonesuщix plastinax. Mejdunarodnыy Jurnal Teoreticheskix i Prikladnыx Voprosov Sifrovыx Texnologiy 8(4), 41–47. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i4.301
  4. Indiaminov R.Sh., Yusupov N.K., Nematov Sh.U., Khakberdiev S.N. Modeling of magnetoelastic oscillations of thin plates in a magnetic field // International Journal of Theoretical and Applied Issues of Digital Technologies Vol. 8 Issue 2, 2025. P. 140-146. https://doi.org/10.62132/ijdt.v8i2.276

 11.Yakhshiboev M.U., Karimov M.M. Computational algorithm and program for solving the problem of then onlinear groundwater filtration process Problemы vichislitelnoy i prikladnoy matematiki № 2/2(66) 2025, P. 76-82.

  1. Jo‘raqulov A. A. Taqsimotlarning to‘lqin fronti haqida. Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti, 2025, № 6, iyun,102-106 betlar.
  2. Diyorov A.M.. Behavior of trajectories of a quadratic stochastic operator on 6-dimensional simplex. «OʻzR Fanlar akademiyasining ma’ruzalari» jurnali. 2025 aprel
  3. Nurmanova M.U., Davronov B.B.. Suv isitish qozonxonani ish faoliyatini yaxshilash uchun gaz yonish garelkasidan chiqayotgan issiqlikni harakatini ayrodinamika (turbulent va laminar) harakatidan foydalangan holda samarali natijalarga erishish. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti. Me’morchilik va qurilish muammolari (ilmiy-texnik jurnal) 2025-y.№2 246-247 betlar
  4. 1 Nurmanova M.U., Davronov B.B.. Quyosh kollektorlaridan issiqlik olishda nurlarni sinishi formulasidan foydalanib samaradorligi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti. Me’morchilik va qurilish muammolari (ilmiy-texnik jurnal) 2025-y.№2 265-266 betlar

Olingan patentlar va dasturiy mahsulotlar

2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 9 ta dasturiy mahsulot va texnologiya uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan guvohnomalar olingan. Jumladan:

  • quyosh kollektorlarining samaradorligini oshirishga oid dastur;
  • “UzSayyoh AI” mobil ilovasi;
  • fizika laboratoriya mashg‘ulotlari uchun virtual dasturiy ta’minot;
  • differensial tenglamalarni interaktiv o‘rganishga mo‘ljallangan onlayn platforma;
  • magnit maydonida tebranishlarni modellashtirish dasturi;
  • IT ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rgatuvchi veb-sayt va boshqa dasturiy ishlanmalar.

1.Yaxshiboyev M.U.Davronov B.B., Nurmanova M.U., Davronov A.B. Quyosh kollektorlaridan issiqlik olishda nurlarni sinishi formulasidan foydalanib quyosh kollektorini samaradorligini oshirish // Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma. Oʻzbekiston respublikasi adliya vazirligi.  21.01.2025, № DGU 47180.

2.Yaxshiboyev M.U.Karshiyev Z.A., Mamirov M.YO. Uzsayyoh AI elektron gid mobil ilovasi // Yelektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risidagi guvohnoma. Oʻzbekiston respublikasi adliya vazirligi.  21.04.2025, № DGU 50107.

3.Diyarov Abdukaxar Majidovich; Mavlonov Obid Nizomovich.Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi. Guvohnoma. O'zbekiston respublikasi adliya vazirligi № DGU 52404. Dastur egasi(lari). Talabnoma kelib tushgan sana: 03.06.2025 Talabnoma raqami: DT 202505651

  1. Qarshiboyev Jaxongir O’rol o’g’li; Diyarov Abdukaxar Majidovich.

Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi. Guvohnoma. O'zbekiston respublikasi adliya vazirligi № DGU 52824. Dastur muallifl(lari): Qarshiboyev Jaxongir O’rol o’g’li; Diyarov Abdukaxar Majidovich. Talabnoma kelib tushgan sana: 12.06.2025 Talabnoma raqami: DT 202506234

5.Sh.A.Urolov, U.I.Azimov, O.J.Rajabov, D.Sh.Fozilov. O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan  dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan quyidagi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga berildi “Fizika fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun virtual dasturiy ta’minot”  Talabnoma kelib tushgan sana: 05.06.2025 Talabnoma raqami: DT 202505871. O'zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida 17.06.2025 y. ro'yxatdan o'tkazildi.

6.Indiaminov R.Sh, Davranov M. Shodmonov  D. va bashqalar. Xalqaro “IT” t a ’lim pla tformalaridan foydalanishni o‘rga tuvchi sayt. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro’yxatdan 03.06.2025 yil o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma. № DGU  52246.

7.Indiaminov R.Sh, Davranov M. va bashqalar. differensialtenglamalarni yechishni interaktiv t arzda o‘rga tuvchi onla yn t a ’lim pla tformasi. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro’yxatdan 12.06.2025 yil o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma. № DGU 52775. Talabnoma raqami: DT 202506229.

8.Indiaminov Ravshan Shukurovich; Xakberdiyev Sulton Nurmurodovich; Yusupov Nuriddin Abduqahhor o‘g‘li. O‘zgaruvchan magnit maydonidagi sterjen tebranishlarini modellashtirish dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro’yxatdan 02.07.2025 yil o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma. № DGU 53582.

Talabnoma raqami: DT 202506948

  1. M.U. Nurmanova., T.J.Oqnazarov., U.H. Qalandarov, "JYSTT" mahallalarda jismoniy shaxslar solig'ini elektron to'lash tizimi" Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi. Oʻzbekiston respublikasi adliya vazirligi Huquq egasi(lari): DGU 47721. 15.02.2025 y.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorliklari

Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qator xorijiy ilmiy markazlar va universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan:

  • Minsk davlat universiteti (Belarus)
  • Janubiy federal universiteti (Rossiya)
  • Krasnoyarsk fizika instituti (Rossiya FA Sibir bo‘limi)
  • Groznenskiy davlat neft texnika universiteti (Rossiya)
  • Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya)
  • Кабардино-Балкарский государственный университет им.  Х.М. Бербекова(Rossiya)
  • КазНУ им. аль-Фараби(Qazog’iston)
  • Киевский Национальный Университет им. Т.Г. Шевченко (Ukraina)

Mazkur hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop etish va ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra qoshidagi oquv laboratoriyalari

Kafedra huzurida quyidagi o‘quv laboratoriyalari faoliyat yuritadi:

  • “Fizika – 1,2” o‘quv laboratoriyasi

Ushbu laboratoriyada talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, tajriba va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.