Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti

Dekan: Narzullayev Ulug‘bek Xayrullayevich

Tugallagan OTM: Leningrad davlat universitetini 1978 yilda.

Qabul kunlari: har kuni soat 15.00 dan 17.00gacha (dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: Ish tel: 8366-2326229  mobil tel: +998 90 251 29 92

E-mail:  ulug1956_56@mail.ru

 

Dekan o‘rinbosari: Umarov Abdumannon Abdullayevich

Tugallagan OTM: TATU Samarqand filiali

Qabul kunlari: har kuni soat 14.00 dan soat 17.00

Telefon: Ish tel: +9983662326229   mobil tel: +998937230577

E-mail: abdu_1582@inbox.uz

 

Dekan o‘rinbosari: Mamanazarov Baxrom Jumonovich

Tugallagan OTM: TATU Samarqand filiali

Qabul kunlari: har kuni soat 14.00 dan soat 17.00

Telefon: Ish tel: +9983662326229 mobil tel: +998937282955

E-mail: bmamanazarovatt@gmail.com

 

Fakultetning tashkil etilishi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi fakultetlari va kafedralarining tashkiliy tuzilmasi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida jahon standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tashkiliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug’risida”gi PQ-1942-son qarori qabul qilingan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Karori ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi qarorlar qabul qilingan:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi 188-sonli Qarori;

O‘zRAATTdavlat qumitasining 2013 yil 4 iyuldagi 280-sonli buyrug‘i;

O‘zROO‘MTVning 2013 yil 4 iyuldagi 232-sonli buyrug‘i;

TATUning 2013 yil 5 iyuldagi 770-sonli buyrug‘i;

TATUning 2013 yil 29 avgustdagi 905- sonli buyrug‘i.

 

Ushbu hujjatlarga muvofiq 2013 yil avgust oyida TATU Samarqand filialida Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti tashkil etilgan. Fakultetda Telekommunikatsiya injiniringi, Ta’limda axborot texnologiyalari va Tillar kafedralari o‘z faoliyatini boshlagan edi.

2017 yil may oyida fakultetda yangi Axborot xavfsizligi kafedrasi tashkil etilgan edi.

 

Bugungi kunda Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida quyidagi kafedralar:

  • Telekommunikatsiya injiniringi (kafedra mudiri, dotsent H.Mirzokulov),
  • Axborot ta’lim texnologiyalari (kafedra mudiri, dotsent H.Raxmonov),
  • Axborot xavfsizligi (kafedra mudiri, dotsent N.Zaynalov),
  • Tillar (kafedra mudiri, dotsent D.Toirova)

 o’z faoliyatini olib bormoqtalar.

2021 yil sentyabr oyi holatiga fakultetda bakalavriatning 4ta ta’lim yo’nalishida 863 nafar bakalavriat talabalari va magistraturaning 2ta mutaxassisligida 19 nafar magistrantlari tahsil olib kelmoqda, shu jumladan 668  nafar talaba kunduzgi ta’lim shaklida va 195 nafar sirtqi ta’lim shaklida. Fakultetda 48 nafar professor-o‘qituvchilar o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Ulardan 10 nafari dotsent, 15 nafari katta o‘qituvchi va 21 nafari assistentlar.

Fakultetdagi talabalar bakalavriatning 4 ta’lim yo’nalishida va magistraturaning 2 mutaxassisligida tahsil olib kelmoqda.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari.

60610300 – Axborot xavfsizligi.

60310500 – Raqamli iqtisodiyot.

60611300 – AKT sohasidakasbta’limi.

Magistratura mutaxassisliklari:

70611001 – Telekommunikatsiyalar texnologiyalari (Teleradioeshittirish).

70610302 – Axborot xavfsizligi.