Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Bo‘lim boshlig'i: 

Rajabov Orzu Mamasoliyevich

Telefon: +(99897) 920-64-66

E-mail: rajabovorzujon@46.gmail.com

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tarkibiy tuzilmasi

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari:

Amanbayeva Yulduzxon Emlisovna

 Telefon: +(99893) 3338771

 E-mail:Yulduz.amanbayeva@mail.ru

 

   

 

Yoshlar bilan ishlash Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:

- Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

- Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

- Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-taribiyaga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

- O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi kerak.

Malaka talablari:

- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

- Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.