Umumiy ma'lumotlar

     Umumiy ma'lumotlar

       Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  2  iyundagi  "Axborot  kommunikasiya  texnologiyalari  sohasida  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  91-son  qarori  asosida  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universiteti  Samarqand  filiali  tashkil  etilib,  filial  tarkibiy  tuzilmasida  2  ta  fakultet    “Kompyuter  injiniringi”  va  "Telekommunikasiya  texnologiyalari  va  kasb  ta’limi”    fakulteti    o‘z  faoliyatini  boshladi.
       Filialning  “Kompyuter  injiniringi”  fakultetida  5  ta  kafedra  (“Axborot  texnologiyalari”,  “Kompyuter  tizimlari”,  “Dasturiy  injiniring”,  “Tabiiy  fanlar”,  “Gumanitar  va  ijtimoiy  fanlar”  kafedralari),  “Telekommunikasiya  texnologiyalari  va  kasbiy  ta’lim”  fakultetida    4  ta  kafedra  (Telekommunikasiya  injiniringi,  Raqamli va ta’lim  texnologiyalari, Axborot xavfsizligi va  Tillar  kafedrasi) faoliyat  ko‘rsatadi.  
      Filialda  114  nafar  asosiy  shtatda,  8  nafar  o‘rindoshlik  asosida  jami  122  nafar  professor-o‘qituvchi  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Filial  bo‘yicha  ilmiy  darajalilar  soni  56  nafarni  tashkil  etadi.  Ilmiy  salohiyat  ko‘rsatkichi  asosiy  shtat  bo‘yicha  48,7%  ni  tashkil  etadi.
Filialda  quyidagi  ta’lim  yo‘nalishlari  va  mutaxassisliklari  bo‘yicha  bakalavrlar,  magistrlar  tayyorlanadi:
  Bakalavr 
  Kunduzgi
 1.  60610300-Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
 2.  60611300-AKT sohasida kasb ta’limi
3.  60610600-Dasturiy injiniring
4.  60610500- Kompyuter injiniringi (AT-servis)  
5.  60610500- Kompyuter injiniringi 
6. 60610500-Kompyuter injiniringi: (Multimedia texnologiyalari) 
7.  60611000- Telekommunikasiya texnologiyalari
8.  60310500- Raqamli iqtisodiyot
9.  60611400 - Pochta aloqasi texnologiyasi

  Sirtqi 
1. 60610500- Kompyuter injiniringi
2. 60611000- Telekommunikasiya texnologiyalari
3. 60611300 - AKT sohasida  kasb ta’limi
4. 60320400- Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

  Ikkinchi mutaxаssislik sirtqi 
1. 60610500- Kompyuter injiniringi
2. 60611000- Telekommunikasiya texnologiyalari

 Masofaviy
1. 60610500- Kompyuter injiniringi
2.  60610600-Dasturiy injiniring

 Magistratura 
1. 70610501 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish), 
2. 70611001 - Telekommunikasiya injiniringi (Teleradioeshittirish), 
3. 70610302- Axborot xavfsizligi, 
4. 70610503 - Tibbiyotda kompyuter tizimlari, 
5. 70610601 - Dasturiy injiniring
6. 70610701 - Sun’iy intellekt

   Filialda jami 3351 nafar talaba va magistrantlar yuqorida keltirib o‘tilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olmoqda.
Hozirda Filial tasarrufida 2 ta o‘quv bino va talabalar turar joyi uchun 3 ta bino mavjud. Zamonaviy tarzda jihozlangan 18 ta maʼruza xonalari, 32 ta amaliy mashgʼulot xonalari, 16 ta kompyuter sinflari, 5 ta o‘quv laboratoriyalari, inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot - resurs markazi va 2 ta sport zal mavjud. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter toʼgʼri keladi.