Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi:

Ismailova Feruza Kubaymurodovna

Qabul vaqti: Dushanba-Seshanba (8:30-16:30)

Telefon: +998979154686

E-mail: feruzakubaymurodovna@gmail.com

 

Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi lavozim vazifalari:

  • akademik litsey va texnikum ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yanada faollashtirish, ularning meyoriy-uslubiy, o’quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o’quvchilarga berilayotgan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan oliy ta’lim o’rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko’maklashish;
  • tahsil olish sifati, mazmuni va samaradorligini ta’minlovchi elektron axborot majmuasini yaratish bo’yicha izlanishlar olib borish;
  • bo’lim akademik litsey va texnikum o’qituvchilarining OTM axborot-resurs markazi fondidagi o’quv adabiyotlari, dastur, o’quv qo’llanma va darsliklar hamda ularning elektron versiyalaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • yuqori salohiyatga, moddiy texnik bazaga, namunaviy ta’lim-tarbiya jarayonini joriy etish imkoniyatiga ega bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan o’zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilish; 
  • hamkor muassasalarda fanlarni o’zlashtirishning metodik tahlili, axborot va pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish asosida optimal taxsil olish jarayonini tashkil etish hamda uni uslubiy va moddiy ta’minotini ishlab chiqish chora-tadbirlarini ko’rish;
  • mas’ul kafedralar bilan birgalikda tahsil jarayoni bilan bog‘liq holda OTM qoshidagi akademik litseyda ta’lim olayotgan iqtidorli o’quvchilarning ilmiy izlanishlari mavzularini ishlab chiqish va ustoz-shogird metodi asosida izlanishlar olib borilishini tashkillashtirish;
  • yo’nalishlar bo’yicha mavjud o’rta maxsus, texnikum ta’limi DTSlari o’quv rejalarini takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
  • OTMning akademik litsey va texnikum bilan hamkorlik faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish chora-tadbirlarini ko’rish;
  • akademik litsey va texnikum professor-o’qituvchilarining malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingliz tilini bilishi va undan amaliy foydalana olish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko’rsatish; 
  • akademik litsey va texnikum iqtidorli o’quvchilarini tanlash va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, o’quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini OTM ilmiy nashrlarida chop etishga ko’maklashish;
  • akademik litsey va texnikum o’qituvchilarini, ayniqsa, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish, ularning ilmiy mavzu va rahbar tanlashlarida ko’maklashish, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, seminarlar tashkil etishda hamkorlikni yo’lga qo’yish;
  • bitiruvchilarni kasbga yo’naltirish va ularni ishga joylashtirish bo’yicha hamkorlikda ish olib borish;
  • akademik litsey va texnikumlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish, ularda vatanparvarlik, o’zlikni anglash, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo’lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko’maklashish;
  • akademik litsey va texnikumlardagi axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, OTM Axborot texnologiyalari markazidan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

Bo’limning vakolati va faoliyat yo’nalishlari:

  1. Bo’lim OTMning akademik litsey va texnikumlar bilan hamkorlik faoliyatini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan shartnomalar asosida tashkil etadi.
  2. Bo’lim akademik litsey va texnikumlari bazasida OTMdagi kafedralar filiallarini tashkil etadi.
  3. Universitet kafedralarining akademik litsey va texnikumlardagi filiallari OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom, shuningdek, Kengashning yillik ish rejalari asosida faoliyat ko’rsatadi.