Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2020-2021 oʼquv iyli bitiruvchilarining bandligi toʼgʼrisida ma'lumot
2020-2021 oʼquv yilida TАTU Samarqand filialni 5 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha jami 404 nafar bitiruvchilar mavjud shulardan 77 nafari davlat granti asosida, 327 nafari toʼlov-kontrakt asosida.
Magistratura mutaxassisligi boʼyija jami 11 nafar, 5 nafari davlat granti asosida 6 nafari toʼlov-kontrakt asosida bitirgan.
Ushbu bitiruvchilarni ishga taqsimlash, joylashtirish va yosh mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish maqsadida 2021 yil 20-aprel filial direktorining №-10 sonli buyrugʼi asosida taqsimot komissiyasi tuzildi.
Bitiruvchilarni taʼlim yoʼnalishlari va mutaxassisliklar boʼyicha viloyatlar kesimida “Zarafshon gazetasi”ning 2021 yil 27-fevraldagi sonida, “Xalq soʼzi” gazetasining 2021 yil 23 apreldagi sonida eʼlonlar berildi..
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 11-oktyabrdagi №428 sonli buyrugʼiga asosan filial ichki buyrugʼi ishlab chiqilib bitiruvchilarning bandlik holatini oʼrganish va mehnat faoliyatini monitoring qilish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
Ishchi guruh faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va bitiruvchilarning bandlik xolati boʼyicha maʼlumotlarni umumlashtirish uchun filial direktori, oʼquv ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari, va Marketing va talabalar amaliyoti boʼlimi boshligʼidan iborat Shtab tashkil qilindi.