Axborot xavfsizligi kafedrasi

   Kafedra mudiri:

   Zaynalov Nodir Rasulovich

   Qabul vaqti:Dushanba-Juma (14:00-16:00)

   Telefon: (99890) 250-32-07

    E-mail: nodirz@mail.ru

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 2017-yil 25-maydagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi tashkil etish to’g’risidagi filialning 406/01-01-sonli xatiga javoban TATU Samarqand filiali Telekommunikasiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti tarkibida “Axborot xavfsizligi” kafedrasi tashkil etildi.  Kafedraga 2017-2018 yillar katta o’qituvchi Bekmurodov U.B, 2018 yilning sentabr oyidan boshlab f.-m.f.n., dotsent N.R. Zaynalov mudirlik qilib kelmoqda. Kafedrada o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va rivojlanishida dotsentlar N.R.Zaynalov, S.S.Achilovlar katta o’qituvchilar Vafayev M.A., Rahmatullayev I.R., assistentlar Sharipova U.B., Nasriddinova P.F., Shakarov A.A., Umurzaqov O.Sh lar  salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar.

Joriy 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab  kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bakalavriatura talabalariga "Kiberxavfsizlik asoslari”, “Kriptografiya 1”, “Boshqaruv tamoyillari”, “Axborot xavfsizligi xavflarini boshqarishga  kirish”, “Kiberxavfsizlik siyosati”, “Zararlovchi dasturlar va ulardan himoyalash”, “Mobil tizimlar xavfsizligi”, “Axborotni himoyalashning tashkiliy va dasturiy vositalari”, "Kriptografiya 2”, "Steganografiya”,” Tarmoq xavfsizligi”, “Kiber-huquq va kiber-etika”, “Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi”,  “Hujum insidiyentlari va unga reaksiya”, “Buzish va himoyalash prinsiplari”,    magistratura talabalariga  " Axborot nazariyasi va kodlash”,  “Kompyuter kriminalistikasi”  kabi fanlardan mashg’ulotlar olib borilmoqda. Kafedrada mashg’ulotlar o’tkaziladigan fanlar bo’yicha professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator ma’ruza matnlari, o’quv-uslubiy ko’rsatmalar chop etilib kelinmoqda.

Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish natijasida  “Axborot xavfsizligi” kafedrasi Samarqand viloyatining bir necha akademik litseylar,  Samarqand axborot texnologiyalari  texnikumi  va Samarqand  shahar 9-ixtisoslashtirilgan maktab  bilan o‘zaro hamkorlikda bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, TATU SF qoshidagi akademik litsey bilan 28-sentabr 2018 yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasiga binoan litseyda o‘quv jarayonini, o‘quv uslubiy, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirish borasida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida  ish rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Xususan, 2023-yil 11-may  kuni “Axborot xavfsizligi”  kafedrasi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali qoshidagi Akademik litseyda kafedra  kuni o‘tkazildi. Va bunda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishda hamkorlikni kuchaytirish nazarda tutildi. Ushbu tadbir litseydagi “Axborot xavfsizligi” haftaligi doirasida amalga oshirildi. 

   Kafedraning bir guruh katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va mustaqil tadqiqotchilari ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy bog’langan mavzularda PhD dissertasiyalarini tayyorlamoqdalar. Hozirgi kunda kafedraning professor-o’qituvchilaridan Umurzaqov O.Sh va Shakarov A.A  mustaqil tadqiqotchi sifatida PhD dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

60610300  BAKALAVRIAT

Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) MAGISTRATURA

70610302  Axborot xavfsizligi

KAFEDRA PROFESSOR O’QITUVCHILARI

  • Zaynalov Nodir Rasulovich-kafedramudiri, f.-m.f.n., dotsent.
  • Achilov Saloxidin Salomivich –i.f.n., dotsent
  • Vafayev Mirabid Alimovich – i.f.n., katta o’qituvchi
  • Rahmatullayev Ilhom Rahmatullayevich - katta o’qituvchi
  • Nasriddinova Parvina Фариддиновна – assistent
  • Sharipova Umida Boltayevna - assistent
  • Umurzaqov Oybek Shakarboy o’g’li–assistent
  • Shakarov Asliddin Abduhamid o’g’li – assistent

Bugungi kunda kafedrada 2 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi fan nomzodlari, 4 ta assistent professor-o’qituvchilar asosiy shtatda  pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor–o’qituvchilari tomonidan kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha ishchi dastur va ma’ruza matnlari tayyorlangan. Kafedrada 60610300 – Axborot xavfsizligi (Sohalar bo‘yicha) ta`lim yo’nalishi va 70610302–Axborot xavfsizligi mutaxassisligi bo’yicha talabalar tahsil olmoqdalar. 

Hozirgi kunda kafedramiz a’zolaridan 5 nafari tayanch doktoranturada  taxsil olmoqdalar, bular: U.B.Bekmurodov, Kiyamov J.U., Mavlonov O.N., Muhamadiyev A.N. va Qilichev D.

KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI

Kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ilmiy – uslubiy ishlar bajarilgan:

  • kafedra fanlaridan ma’ruza matnlari loyihasiga yangiliklarni kiritildi va fanlar bo‘yicha taqvim rejalar tayyorlandi;
  • fanlardan amaliyot va laboratoriya mavzulari bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib, chop etildi;
  • dasturlash bo‘yicha qo’shimcha mashg’ulotlar dotsent N.Zaynalov rahbarligida tashkil etildi;
  • iqtidorli talabalar bilan muntazam tayyorgarlik ishlari olib borildi;
  • fanlar uchun mustaqil ta’lim materiallari tuzildi;

Kafedraning Ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedraning bosh mavzusi « Axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari va kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlashning uslublari » 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan fan va texnologiyalar tarmoqlarining ustivor yo‘nalishi («Axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish») doirasida olib borilmoqda.

Ushbu ustuvor yo‘nalish asosida kafedrada har bir professor-o‘qituvchining yillik va istiqbolli ilmiy izlanishlari rejasi tuzilgan. Ularning bajarilishi hisobot va chop etilgan ilmiy tezislar, maqolalar hamda ilmiy risolalarda o‘z aksini topgan. Umumiy ilmiy izlanishlar hajmi har yillik hisobotlarda tahlil qilingan.

Shularga ko‘ra kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagilar:

  • - axborot xavfsizligini ta‘minlashda steganografiya usullarini joriy etish muammolari;
  • - veb-saytlar ishlab chiqish orqali servis sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari;
  • - ta‘lim jarayoni uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga qaratilgan dasturiy ilovalar ishlab chiqish;
  • - kriptografiyada qo‘llaniladigan dasturiy ta‘minotlar tahlili.

 

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP ETILGAN MAQOLALAR RO’YXATI

  1. Sharipova U.B., Nasriddinova P.F.Основные методы и современные тенденции криптографии

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL AND APPLIED SCIENCES. Volume: 03.| Feb 2022. 143-147 pp.

  1. Sharipova U.B., Nasriddinova P.F. PROTECTION OF ELECTRONIC DOCUMENT MANAGEMENT

SYSTEMS AND FINANCIAL SYSTEMS. Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 21 Feb 2022. 236-236 pp.

  1. S. S. Achilov. Expert Method of Quality Management System of Housing and Communal Services. Journal of Positive School Psychology. 2022, Vol. 6, No. 4, 9705 – 9715.

Journal Information,  ISSN: 2717-7564,Frequency: Bi-monthly,Indexing:  Scopus,EBSCO,http://iournalppw.com
Jurnal veb-sayti: https://www.journalppw.com/index.php/jpsp

Scopus link: https://www.scopus.com/sourceid/21101044228

  1. N.R.Zaynalov, D,Kilichev, A.A.Shakarov, I.R.Rahmatullayev, Nasriddinova P.F. Combining invisible Unicode charakters to hide information in a text document. // International journal on informatics visualization. Vol. 4(2022) No 3. Pp. 148-155.
  2. Alexander Bogdanov, Alexander Degtyarev, Nadezhda Shchegoleva, Vladimir Korkhov, Valery Khvatov, Nodir Zaynalov, Jasur Kiyamov, Aleksandr Dik. A Multilayer Approach to the Security

of Blockchain Networks of the Future// In: O. Gervasi et al. (Eds.):ICCSA 2022 Workshops, LNCS 13377, Springer, pp. 205–216, 2022. https://doi.org/10.1007/978-3-031-10536-4_14

  1. Achilov Salokhiddin Salomovich. Expert Method of Implementation of Funds ICT in the tax system// INTERNATIONAL JOURNAL ON ORANGE TECHNOLOGY. Volume: 4 Issue: 7 |Jul 2022. 23-32 pp.

https://journals.researchparks.org/index.php/IJOT e-ISSN: 2615-8140 | p-ISSN: 2615-7071

  1. Ачилов С.С., Разокова М.Х., «Информационные технологии в систему жилищно-коммунального хозяйства», CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL AND APPLIED SCIENCES Volume: 03 Issue: 01 | Jan 2022 ISSN: 2660-5317,3(1), 19-23. retrieved from http://cajotas.centralasianstudies.org/index.php/cajotas/article/view/378
  2. Muminov B.B.,G’aybullayeva M.O, Bekmurodov U.B. TRANSACTIONS BASED ON ONTOLOGY MODELS. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences VOLUME 1, ISSUE 5, OCTOBER 2022 (CAJECS), ISSN: 2181-3213
  3. Rakhmatullayev I.R. Stream encryption algorithms and the basis of their creation// CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL THEORY AND COMPUTER SCIENCES.Volume: 03 Issue: 12 | Dec 2022. 165-175 pp. https://cajmtcs.centralasianstudies.org.
  4. Rahmatullayev I.R. OQIMLI SHIFRLASH ALGORITMLARI TAHLILI //Международный научный журнал «Новости образования: исследование в XXI веке». № 6 (100), часть 2. январь, Москва.2023 г. 466-470 с.
  5. I.R.Rakhmatullayev , I.M.Boykuziyev ” Analysis of cryptanalysis methods applied to stream encryption algorithms” Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security Proceedings of the International Conference on Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security (ICABCS 2023), Gr. Noida, UP, India, 24 - 25 February 2023. Yuborilgan.( Scopus)
  6. D.Kilichev, N.R.Zaynalov, I.R.Rakhmatullaev, A.A.Shakarov, M.A.Saidmurodov  ” A Drug Supply Chain Management and Recommendation System Based on Blockchain and Machine Learning for the Uzbek Smart Pharmaceutical Industry ”  Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security Proceedings of the International Conference on Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security (ICABCS 2023), Gr. Noida, UP, India, 24 - 25 February 2023. Yuborilgan. (Scopus)
  7. D.Kilichev,A.N.Muhammadiyev, N.R.Zaynalov, U. Kh. Narzullaev, I. R. Rakhmatullayev “Errors in SMS to hide short messages” Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security Proceedings of the International Conference on Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security (ICABCS 2023), Gr. Noida, UP, India, 24 - 25 February 2023. Yuborilgan. (Scopus)
  8. N.R.Zaynalov, D.Kilichov,A.A.Shakarov, I.R.Rakhmatullayev, P.F.Nasriddinova ‘Combining Invisible Unicode Characters to Hide Information in a Text Document’ INTERNATIONAL JOURNAL ON INFORMATICS VISUALIZATION VOL 4 (2022) NO 3 e-ISSN : 2549-9904 ISSN : 2549-9610 148-153 

 

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI HAMKORLIKLAR

KAFEDRANING RIVOJLANISHIDAGI SOHA KORXONALARI BILAN HAMKORLIKLAR

  • AK Uzbektelekom
  • "UNICON.UZ" DUK
  • Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi
  • UzInfocom