Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

        2023-yil 20-iyul kuni Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududiy oʻquv boʻlimi muassasalari boʻyicha prorektori Toʻrayev Shavkat Shuxratovich hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Karshiyev Zayniddin Abduvaliyevich tashrif buyurdi.

         Amaliy tashrif davomida texnikumda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

         Texnikumning kutubxonasi, oʻquvchilar turar joyidagi sharoitlar, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari uchun tashkil etilgan oʻquv xonalari faoliyati bilan tanishdilar.

         Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash boʻyicha kelishib olishdi.

 

 

        

         2023-yil 15-iyul kuni kuni soat 10:00da Toshkent shahar Yunusobod tumani IRIGATSIYA instituti majlislar zalida "𝙏𝘼'𝙇𝙄𝙈𝘿𝘼𝙂𝙄 𝙈𝙐𝙑𝘼𝙁𝙁𝘼𝙌𝙄𝙔𝘼𝙏𝙇𝘼𝙍𝙄 𝙐𝘾𝙃𝙐𝙉" xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

         Mualliflar tomonidan yuborilgan hujjatlar ilmiy kengash tomonidan ko'rib chiqilib «Scientific Publication» ilmiy matbuot markazi, «Best Publication ilmiy tadqiqotlar markazi», «Scientific Academy» tashkilotlar bilan hamkorligida o'tkazilgan «TA'LIMDAGI MUVAFFAQIYATLARI UCHUN» xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida "𝙀𝙣𝙜 𝙮𝙖𝙭𝙨𝙝𝙞 𝙞𝙡𝙢𝙞𝙮 𝙝𝙖𝙢𝙠𝙤𝙧" 𝙣𝙤𝙢𝙞𝙣𝙖𝙩𝙨𝙞𝙮𝙖𝙨𝙞𝙣𝙞 TATU Samarqand filiali dotsenti 𝙉𝙪𝙧𝙗𝙚𝙠 𝘽𝙤𝙡𝙞𝙮𝙚𝙫 qo'lga kiritdi va birinchilikni oldi.

         Tashkilotlar tomonidan tantanali ravishda esdalik ko'krak nishoni, 𝙩𝙚𝙡𝙚𝙫𝙞𝙯𝙤𝙧 maxsus guvohnoma, tashkilot ramzi tushirilgan blaknot ruchka kabi sovg'alar tantanali ravishda Toshkent shahrida taqdim etildi!

         2023-yil 4-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi” fakulteti, “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi dotsenti, A.Hotamov Malayziyadagi Terengganu universiteti(UMT)da oʼzining ilmiy-amaliy malakasini oshirmoqda. A.Hotamov "Okean orti davlat taassurotlari" nomli maqola yozib, sayohat taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

 

         2023-yil 9-iyun kuni  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Kompyuter injiniring" fakultetida "OIV-OITS infektsiyasiklinikasi va profilaktikasi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i O.Rajabov, Yoshlar masalalari bo'yicha direktor maslahatchisi N.Isomov, "Kompyuter injiniringi" fakulteti dekani B.Nazarov hamda Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo'limi sanitariya vrachi A.Jo'rayev ishtirok etdi.

 

        2023-yil 9-, 10-, 11-iyun kunlari TATU Urganch filialida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari bilan birgalikda “Yangi O‘zbekiston ta’limi – Urganch 2023” ta’lim forumi doirasida TATU va uning filiallari talabalaridan tashkil topgan “Zakovat” jamoalari o‘rtasida “TATU Zakovat ligasi” nihoyasida TATU Samarqand filiali ishtirokchilari ham rahbariyat tomonidan faol ishtiroki uchun sertifikat hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi

 

        2023-yil 8-iyun kuni Kibermakonda din niqobidagi kiberxujumlarga qarshi kurashish mavzu yuzasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalari uchun ma'naviy ma'rifiy profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir filial Yoshlar masalalari maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari F.Usmonov hamda Yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi N.Isomov kirish so‘zi bilan ochib berildi. Samarqand viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari S.Shamsiyev, F.Raxmatovalar tomonidan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining Viloyat hududida kiberjinoyatchilikni oldini olish hamda fuqarolarni kibertahdidlardan ogoh qilishga yo'naltirilgan kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.