Dasturiy injiniring kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: Texnika fanlari nomzodi, dotsent Boynazarov Ilhom Maxmudovich Qabul vaqti: har kuni 15:00 dan 16:00 gacha Telefon: +998 97 716-25-01 E-mail: ilhomboy1974@gmail.com |
Kafedra 2015-yil yanvar oyidan «Dasturiy injiniring» kafedrasi nomi bilan «Kompyuter injiniringi» fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Yangi tashkil etilgan kafedraga katta o‘qituvchi Temur Rustamovich Soqiev mudirlik vazifasiga tayinlangan.
2016-2021-yillar mobaynida kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, professor Qarshiev Abduvali Berkinovich rahbarlik qilgan.
2021-yil aprel oyidan boshlab texnika fanlari nomzodi, professor Boynazarov Ilhom Maxmudovich kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kafedrada asosiy shtatda jami 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan: 2 nafari fan doktori – DSc, 2 nafari fan nomzodi – professor, 3 nafar falsafa fanlari bo’yicha fan doktori – PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar assistent o‘qituvchilardir.
“Dasturiy injiniring” kafedrasi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi "Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 1942 - son qarori asosidagi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi "TATU va uning hududiy filiallarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 188 - son Qarori bilan tasdiqlangan TATU Samarqand filialining yangi strukturasi bo‘yicha 2014-2015 o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab "Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibida "Dasturiy injiniring” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi.
Yangi tashkil etilgan kafedraga katta o‘qituvchi Temur Rustamovich Soqiev mudirlik vazifasiga tayinlangan. 2016-2021-yillar mobaynida kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, professor Qarshiev Abduvali Berkinovich rahbarlik qilgan. 2021-yil aprel oyidan boshlab texnika fanlari nomzodi, professor Boynazarov Ilhom Maxmudovich kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Qariyib 12 yil davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida salmoqli yutuqlarga erishdilar. Jumladan, kafedra professori Qarshiev Abduvali Berkinovich 2018-yilda “Oliy ta’lim muassasalarining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 2019 yilda 05.01.07- matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha professor unvonini oldi. Shuningdek, kafedra olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar natijasi himoya qilingan dissertatsiya ishlari salmog’i bilan ham ajralib turadi. O’tgan davrda kafedra professor-o‘qituvchilaridan F.Murodov (2020-yil PhD, 2026-yil DSc), S.Iskandarova (2021-yil PhD), U.Djumayozov (2023-yil PhD, 2025-yil DSc), M.Umarov (2023-yil PhD), U.G’iyosov (2023-yil PhD), S.Nuriev (2024-yil PhD, Janubiy Koreya), R.Yusupov (2024-yil PhD), M.Tursunov (2024-yil PhD), M.Ubaydullaev (2025-yil PhD), M.Karimov (2026-yil PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va tegishli ilmiy darajalarni oldi. Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan 6 nafari tayanch doktoranturada (R.Maxmudov, N.Shamsutdinova, F.Axmedov, R.Turkmenova, M.Badalova, M.To’xtayeva) tahsil olmoqda. Shu bilan birga katta o‘qituvchi A.Qayumov professor A.B.Qarshiev rahbarligida mustaqil tadqiqiochi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarali natijasi tufayli 2015-2016 o‘quv yilida ilmiy salohiyat 12% tashkil etgan bo‘lsa, Hozirgi kunga kelib 70.0% ga ko‘tarildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 5 nafari (T.Soqiyev, S.Nuriyev, D.Raxmonov, D.Turimov, Z.Naxalov) 2014, 2015-yillarda Janubiy Koreya Respublkasidagi yuqori xalqaro reytingga ega bo‘lgan universitetlarda 4 oylik ilmiy stajirovka va qayta tayyorlash kurslarida o‘qib kelgan. 2023-2024 o‘quv yilida 2 nafar professor-o‘qituvchilar (I.Boynazarov, Z.Naxalov) Germaniyaning Kemnits Texnologiyalar universitetida bir oylik ilmiy stajirovka o‘tab keldi. 2026-yil yanvar-fevral oylarida U.Djumayazov Xitoy davlatida ilmiy stajirovka o’tab kelgan.
Dasturiy injiniring kafedrasida davlat dasturlari doirasida qator ilmiy-tadqiqot loyihalari muvafaqiyatli bajarib kelmoqda. Jumladan, 2015-2017 yillarda “AKT sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun masofaviy ta’lim elektron tizimini ishlab chiqish (Samarqand axborot texnologiyalari kolleji misolida)” mavzusidagi amaliy loyiha, 2021-2023 yillar davomida “O‘zbek tili milliy korpusini loyihalash va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusida amaliy loyiha amalga oshirildi. Davlat granti loyihasi asosida ilmiy izlanishlarni olib borishga kafedra o‘qituvchilari, magistrant va bakalavriat talabalari jalb etilgan bo‘lib, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari hamda bitituv malakaviy ishlari mavzulari ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida shaklantirilgan va bajarilmoqda. Ushbu loyihalar bo‘yicha bir falsafa doktori dissertatsiyasi, 6 ta magistrlik dissertatsiyalari va 20 dan ziyod bitiruv malakaviy ishlari bajarildi va muvafaqiyatli himoya qilindi.

Kafedrada bakalavriat va magistratura bosqichlarida o’qitilayotgan fanlarning o’quv-uslubiy ta’minotini mustahkamlash maqsadida o’quv-uslubiy majmualar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ma’ruza matnlari, taqdimotlar, dasturiy mahsulotlar tayyorlash rejali asosda amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta darslik:
- Qarshiyev A.B., Boynazarov I.M. Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish (2026);
- Boynazarov I.M., Xujayarov I.Sh, Qudratov R.B. Operatsion tizimlar (2025);
- Boynazarov I.M., Toirov Sh.A., Maxmudov J.I. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (2025);
- Boynazarov I.M., Toirov Sh.A., Maxmudov J.I. Ma’lumotlar bazasi va algoritmlar (2025);
10 dan ziyod o‘quv qo’llanmalar:
- Boynazarov I.M., Mamajanov R.Y. Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish (2025);
- Boynazarov I.M., Djumayazov U.Z. Dasturlash 1. (2025);
- Boynazarov I.M., Safarova G.T. Tizimli dasturlash (2026);
- Boynazarov I.M. Sonli usullar va chiziqli dasturlash (2025);
- Qarshiyev A.B., Boynazarov I.M., Babajanov B.B., Bobonazarov A.A. Algoritmlarni loytihalash (2024);
- Boynazarov I.M., Toirov Sh.A. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (2023);
- Boynazarov I.M., Xujayarov I.Sh. Linux operatsion tizimi (2023);
- Boynazarov I.M. Linux operatsion tizimi (2021);
- Qarshyev A.B., Xaljigitov A.A., Zaynalov N.R., Yakubjanova D.K. Dasturlash misol va masalalar to’plami (2018);
- Qarshiyev A.B., Tursunov M.S., Mamayev E.Sh. Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash. (2025).
- Qarshiyev A.B., Tursunov M.S., Kayumov A.A., Dasturlash uslublari va paradigmalari. (2025).
- Qayumov A.A. Dasturiy injiniringga kirish (2025).
50 dan ziyod uslubiy qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalar nashr etildi.
10 ga yaqin monografiyalar chop etilgan.
So‘nggi besh yilda kafedra a’zolari tomonidan OAK ro’yxatiga kiruvchi ilmiy jurnallar hamda Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadigan jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, Xalqaro va Respublika konferensiyalarida 300 dan ortiq maqola va tezislar chop qilingan.


Ma’naviy-marifiy tadbirlada talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni, odob-ahloq qoidalari, universitetning ichki tartib qoidalari va soha korxonalari faoliyati bilan tanishtirib boradilar. Guruh talabalari madaniy-ahloqiy ishlar bo‘yicha universitetda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda va bayramlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Murabbiylar shuningdek reja asosida talabalarning Registon maydoni, Go‘ri-Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Afrosiyob shaharchasi, Shohi Zinda maqbaralar majmui, Ulug‘bek rasadxonasi, Imom al-Buxoriy maqbarasi kabi tarixiyobidalarga va soha korxonalaridan “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali, Samarqand viloyati EMMX, Samarqand radioteluzatish markazi, “Uzmobile” mobil operatori Samarqand filiali, IT park Samarqand hududiy filiali va korxonalariga ekskursiyasini uyushtirib boradilar. Ma’naviyat va ma’rifat soatlarida “Muomala madaniyati”, “Xalq an’analari va urf-odatlari yoshlar tarbiyasining asosi”, “Buyuk allomalarimizning ibratli hayoti”, “Ogohlik davr talabi”, “Terrorizmga qarshi kurash”, “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzularida suhbatlar olib borishadi.
BAKALAVRIAT
60610400 – Dasturiy injiniring (kunduzgi ta’lim)
60610400 – Dasturiy injiniring (masofaviy ta’lim)
MAGISTRATURA
70610401 – Dasturiy injiniring
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Bakalaviriat:
- Dasturlash I, Dasturlash II
- Pythonda dasturlash
- Hisoblash tafakkuri va dasturlashga kirish
- Dasturiy taminotni testlash
- Dasturlash uslublari va paradigmalar
- Dasturiy ta'minot loyihalarni boshqarish
- Dasturiy ta’minot talablar tahlili
- Parallel kompyuterlar arxitekturasi va dasturlash
- Dasturiy ta'minot sifatini ta'minlash
- Dasturiy ta‘minot arxitekturasi
- Sonli usullar va chiziqli dasturlash
- Parallel dasturlash
- Dasturiy ta'minot qurilmasi va evolyutsiyasi
- Tizimli dasturlash
- MATLABda dasturlash
- Sonli usullar va chiziqli dasturlash
- Mashinani o'qitish algoritmlari
- Django web freyemwork
- Django web freyemwork
- Parallel Dasturlash
- Dasturchilar uchun ma'lumotlar fani
- Dasturiy tilni tahlil qilish
- Parallel kompyuterlar arxitekturasi va dasturlash
Magistratura:
- Dasturiy injiniring masalalarida operatsiyalarni tadqiq qilish
- Ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish texnologiyalari
- Dasturiy injiniring masalalarida operatsiyalarni tadqiq qilish
- Ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish texnologiyalari
- Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish
- Deklarativ dasturlash
- Dasturiy ta'minotdan qayta foydalanush
- Linuxda dasturlash
- Ko‘p parametrli obyektga yo‘naltirilgan dasturlash
- Sun'iy intellekt masalalari uchun dasturlash
- Katta hajmli ma’lumotlarni boshqarish tizimlarining nazariy asoslari
KAFEDRA PROFESSOR O’QITUVCHILARI
Asosiy shtatlarda:
- Boynazarov Ilhom Maxmudovich, t.f.n., professor
- Qarshiyev Abduvali Berkinovich, f.-m.f.n, professor
- Muradov Farrux Abdukaxarovich, t.f.d. - DSc, dotsent
- Djumayozov Umidjon Zafarjonovich, t.f.d. - DSc, dotsent
- Karimov Marat Maxmarajabovich, PhD
- Tursunov Muhammadsolih Sa’din o‘g‘li, PhD
- Ubaydullayev Malik Shavkatovich , PhD
- Safarova Gulnoza Toshpo‘latovna, katta o’qiyuvchi
- Kayumov Aziz Aslidinovich, katta o’qiyuvchi
- Mamayev Elyor Shavkatovich, assistent
O'rindosh shtatlarda:
- Ravshanov Normaxmad XXX, t.f.d., professor
- Yalg‘ashev Olimjon Rashidovich, t.f.f.d., PhD
- Yusupov Ozod Rabbimovich, t.f.f.d, PhD, dotsent
Kafedra faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilar:
- Bobonazarov Akmal Alisherovich - assistent
- Mahmudov Rustam Zayniddinovich- assistent
- Maxkamova Dilbar Abilkasim Qizi- katta o’qituvchi
- Maxmidov Shirinboy Botirovich- assistent
- Raxmonova Robiya Alisherovna- assistent
- To‘xtayeva Marg‘uba Sho‘xrat qizi- assistent
- Turkmenova Ruxiye Toxirovna- assistent
- Salimov Jamshid Obid o‘g‘li- assistent
- Badalova Maftuna Shuxratovna- assistent
