Devonxona va arxiv bo`limi

Devonxona va arxiv bo`limi mudiri:

Zaynalova Zahro Bahodirovna

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (8:30-16:30)

Telefon: (66) 232-41-59

E-mail: 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialidagi Devonxona va arxiv bo`limi 2005-yildan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.Ushbu bo`limda Zaynalova Zahro 2015-yildan boshlab mudirlik qilib kelmoqda.

Devonxona va arxiv bo`limida arxivarius, ish yurituvchi Allayorova Shaxnoza, kuryer lavozimida Alikulova Maxbuba ishlab kelmoqdalar.

Devonxona bo`limi mudiri lavozim vazifalari:

  • TATUSamarqand filialiga m.f.ijro.uz tizimi orqali keluvchi hujjatlarni to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
    • TATU Samarqand filialidan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini   ta’minlash;
    • Direktor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni qayd etish ma’lum qilish uchun topshirish;
    • Direktor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
    • Direktor imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, rasmiylashtirilganligini tekshirish;
    • Kiruvchi xat-xabarlarni, Filial rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;
    • Filial faoliyatiga tegishli ichki tashqi tashkiliy farmoyish hujjatlarni ro‘yxatdan   o‘tkazish, ko‘paytirish, tarkibiy bo‘limlarga yetkazish, saqlash;
    • Filial ichki buyruq va farmoyishlar loyihasi tayyorlanib buyruq shakillantirish;
    • Filial ichki buyruqlari bo‘yicha ko‘chirma berish;
    • Ijro etilgan hujjatlarni yig‘ma jildlarga tikib qo‘yish;
    • Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.

Bilishi kerak:
• Ish yuritishni tashkil etishni, yig‘ma jildlar ro‘yxat tartibi, holatini, doimiy va      vaqtincha saqlanadigan yig‘ma jildlarning ro‘yxatlarini, yig‘ma jildlarni arxivga     topshirish muddatlari va tartibini bilishi, devonxona faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, Vazirliknig Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Universiteti rektori buyruqlarining moxiyatini bilishi, Universiteti yillik va             istiqboli rejalarini bilish.

Arxivarius lavozim vazifalari:

  • Arxivgakelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil etish;
    • Ish yuritish bo‘yicha tugallangan hujjatlarni tarkibiy bulimlardan qabul qilish;
    • Filial yig‘ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, arxivga            topshiriladigan hujjatlarning to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashtirilganligini              tekshirish;
    • Saqlash birliklarini tegishli qoidalarga asoslanib shifrlash, tizimlashtirish,            xujjatlarni joylashtirish hisobini kuzatish;
    • Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga fond tartib raqamini berish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tuzish, ro‘yxatdan chiqarish, yo‘q qilish kabi ishlarni bajarish;
    • Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini belgilashda qatnashish;
    • Arxiv xonasining qonun-qoidalarga asoslab saqlanishini kuzatish, yong‘inga 

qarshi choralar ko‘rish, arxiv hujjatlariga asoslanib, ko‘chirmalar, nusxalar,          ma’lumotnomalarni berish, so‘rovnomalarga javob berish, arxiv ishi xaqidagi        hisobotni tuzish uchun ma’lumot tayyorlash.

Bilishi kerak:
• O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni,                 filial ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Kuryer lavozim vazifalari:

  • Filial nomiga yo`llangan xat va hujjatlarni Vazirlik devonxonasidan, boshqa oliy o‘quv yurtlari va muassasalardan, aloqa bo‘limlaridan qabul qilib olish,  shuningdek jo‘natiluvchi hujjatlarni ko‘rsatilgan joylarga yetkazib berish;
    • Hujjatlarni qabul qilib olish chog‘ida xat jildlarga qo‘yilgan raqamlarga muvofiq ekanligini tekshirish;
    • Xat jildlarga solinmagan pochtani olish hollarida ilovalar mavjudligini tekshirish;
    • Direktorning ko‘rsatmasiga binoan hujjatlarni ijrochilarga maxsus daftarga qo‘l   qo‘ydirib, o‘z vaqtida topshirish.
    Bilishi kerak:
    • O‘z faoliyatiga taaluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Filial ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi zarur.