Bitiruvchilar monitoringi
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2022-2023 oʼquv yili bitiruvchilarining bandligi toʼgʼrisida
MA'LUMOT
2022-2023 o‘quv yilida TАTU Samarqand filialni 5 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha jami 509 nafar bitiruvchilar mavjud shulardan kunduzgi 79 nafari davlat granti asosida, 281 nafari toʼlov-kontrakt asosida, sirtqi ta’lim yo‘nalishida 148 nafar. Magistratura mutaxassisligi bo‘yija uchta yo‘nalishda jami 32 nafar, 13 nafari davlat granti asosida 19 nafari to‘lov-kontrakt asosida bitirgan.
Ushbu bitiruvchilarni ishga taqsimlash, joylashtirish va yosh mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish maqsadida 2023 yil 30-aprel filial direktorining №-2 sonli buyrugʼi asosida taqsimot komissiyasi tuzildi.
Ishchi guruh faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va bitiruvchilarning bandlik xolati bo‘yicha maʼlumotlarni umumlashtirish uchun filial direktori, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, va Marketing va talabalar amaliyoti boʼlimi boshligʼidan iborat Shtab tashkil qilindi.