Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Kafedra mudiri: Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent Samatov Xurshid Ulmasjonovich Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00 dan 16:00 gacha Telefon: +998915273808 Elektron manzili: samatov_1084@mail.ru |
Umumiy ma`lumot
«Gumanitar va ijtimoiy fanlar» kafedrasi 2005 yilning sentyabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali tashkil topishi bilan ochilgan kafedralardan biri hisoblanadi. O‘n olti yil davomida kafedrada 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bordilar.
Hozirgi kunda kafedrada 1 ta dotsent - R.S.Mardonov; 3 ta falsafa dokrori (PhD) F.N.Usmonov, Z.O.Muminova, A.R.Axmedjonov; 2 ta katta o’qituvchi G.I.Kubayeva, H.H.Muxammadiyevlar ishlab kelmoqdalar.
Hozirda kafedrada 7 ta fan o’qitilib kelinmoqda.
O‘tgan yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 600 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar nashr qilingan. «Milliy g’oya: asosiy tushunchalar va tamoyillar», «Geopolitika», «Pedagogika», «Madaniyatshunoslik», «Iqtisodiyot nazariyasi», «Dinshunoslik», «Sotsiologiya», «Falsafa», «Islom dini», «Biznesni boshqarish asoslari», «Fuqarolik jamiyati» va boshqa fanlardan multimediali uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. «Milliy g’oya: asosiy tushunchalar va tamoyillar» va «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan yaratilgan xrestomatiya davlat patentini olishga sazovor bo’ldi.
Kafedra professor-o’qituvchilari AQSh, Germaniya, Polsha, Avstrya, Hindiston, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Vengriya, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan anjumanlarda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdib ilmiy maqolalar nashr ettirdilar.
Kafedra xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlari kafedralari bilan ilm va ta’lim sohalarida aloqa qilmoqda:
- AQSh Indiana Universiteti;
- Budapesht ochiq jamiyat Universiteti;
- Sankt-Peterburg Yevropa Universiteti;
- Chonnam Milliy Universiteti (Janubiy Koreya);
- Qozon Davlat Universiteti;
- O’zbekiston Milliy Universiteti;
- Tojikiston Fanlar akademiyasi;
- Rossiya pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasi;
- Xalqaro ijodiyot akademiyasi (Moskva);
- N’yu-York fanlar akademiyasi.
Kafedra jamoasi davlat va jamiyat tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik qilib kelayapti. Filial doirasida va shahar, viloyat miqyosida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarda faol qatnashayapti. Kafedra professor-o‘qituvchilari Bulung‘ur, Jomboy, Narpay, Paxtachi, Nurobod, Samarqand va Ishtixon tumanlarida tuman faollari bilan respublikada yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mavzularida uchrashuvlar o‘tkazib kelayaptilar.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
- O’zbekiston tarixi
- Dinshunoslik
- Falsafa (mantiq, etika, estetika)
- Biznesni boshqarish asoslari
- Sotsiologiya
- Fuqarolik jamiyati
- Kompyuter falsafasi
Magistratura:
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Kafedra professor-o'qituvchilari:
- Usmonov F.N
- Mardonov R.S.
- Muminova Z.O.
- Axmedjanov A.R.
- Kubayeva G.I.
- Muxammadiyev H.H.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
«Gumanitar va ijtimoiy fanlar» kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi «Hozirgi zamon axborot va pedagogik texnologiyalar taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy va falsafiy masalalari». Kafedra o’qituvchilari ushbu mavzu doirasida ilmiy izlanishlar quyidagi yo’nalishlarda olib borganlar:
- Usmonov F.N. – «Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining axloqiy epistemologik muammolari».
- Mardonov R.S. – «Роль информационных и педагогических технологий в модернизации духовно-нравственной жизни общества».
- Kubayeva G.I. – «Историческая информация как социокультурное явление».
- Muxammadiyev X.H. – “Virtuallik muammosi falsafiy refleksiya predmeti sifatida”.
- Muminova Z.O. – “Inson ma’naviy o‘z- o‘zini tashkillashtirishning virtual-ma’naviy jihatlari”
Kafedra tomonidan nashr qilingan ilmiy-uslubiy ishlar:
- Abduahadov A.S. «Talabalarning mustakil ishini tashkil etish texnologiyalari» uslubiy kullanma. 2006 yil.
- Vafayeva D.B. Методические рекомендации по организации самостоятельной работы студентов по курсам «Культурология» и «Основы духовности и религиоведения». 2007 год.
- Ahrorov A.A. Методические рекомендации по подготовке студентов к семинарским занятиям и выполнению самостоятельных работ по курсу «Эстетика». 2007 год.
- Mardonov R.S., Bozorov M.J. «Politologiya» fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma (talabalarning seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishlari va mustaqil ishlarni bajarishlari uchun). 2008 yil.
- Mardonov R.S., Аchilova S.D. Электронное учебно-методическое пособие «Методические указания и материалы для подготовки к семинарским занятиям и выполнению самостоятельной работы по предмету «Геополитика»». 2008 год.
- Musinov S.M., Mardonov R.S. «Pedagogika» fanidan kurs ishi bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. 2008 yil.
- Raupova Z.E. «O’zbekiston tarixi» o’quv-uslubiy qo’llanma (talabalarning seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishlari va mustaqil ishlarni bajarishlari uchun). 2009 yil.
- Abduahadov A.S., Mardonov R.S. «Pedagogik mahorat asoslari» fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. 2009 yil.
- Rahim G.M. «Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik» kursi bo’yicha talabalarning seminar mashg’ulotlari va mustaqil ishlarga tayyorlanishi uchun uslubiy tavsiyalar. 2011 yil.
- Usmonov F.N. Epistemiologiyaning zamonaviy muammolari. O‘quv qo‘llanma. 2011 yil.
- Isxakova S.A. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan ma`ruzalar matni. 2013 yil.
- Eshonqulov Sh., Sanaqulov U., O’zbek xalqi va tili tarixini o’rganishda o’tmish manbalarining talqini. O’quv-uslubiy qo’llanma. 2013 yil.
- Eshmurodov S., Sanaqulov U., Ma’naviyat asoslari. O’quv-uslubiy qo’llanma. 2014 yil.
- Isxakova S.A. Iqtisoiyot nazariyasi. O’quv qo’llanma (talabalarning seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishlari va mustaqil ishlarni bajarishlari uchun). 2014 yil.
- Isxakova S.A., M.M.Muxammedov, B.B.Mardonov. Qishloqlarda aholi bandligi: muammolar va yechimlar. Monografiya. 2014 yil.
- Usmonov F.N., H.H.Muhammadiyev. Falsafa o’quv-uslubiy qo’llanma (talabalarning seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishlari va mustaqil ishlarni bajarishlari uchun). 2015 yil.
- Usmonov F.N. Ratsionallikning falsafiy-metodologik yondashuvlar evolyutsiyasi. Monografiya. 2019 yil.
- Usmonov F.N. Falsafa // uslubiy qo’llanma. 2020
- Isxakova S.A. Biznesni boshqarish asoslari // uslubiy qo’llanma. 2021 yil.
- Muminova Z.O. Fuqarolik jamiyati // uslubiy qo’llanma. 2021 yil.
- Muminova Z.O. Религиоведения // uslubiy qo’llanma. 2021 yil.
- Usmonov F.N. Islom dini // uslubiy qo’llanma. 2021 yil.
Kafedrada tayyorlangan o’quv-uslubiy majmualar:
- «O’zbekiston tarixi» - Mardonov R.S., Kubayeva G.I.
- «Falsafa» - Usmonov F.N., Muhammadiyev H.H.
- «Dinshunoslik» - Usmonov F.N.
- «Madaniyatshunoslik» - Mardonov R.S.
- «Iqtisodiyot nazariyasi» - Isxakova S.A., Mardonov B.B
- «Sotsiologiya» - Mardonov R.S.
- «Milliy istiqlol g’oyasi» – Usmonov F.N., Muhammadiyev H.H.
- «Fuqarolik jamiyati» – Muminova Z.O.
- «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» - Mardonov R.S.