Kompleans nazorat
![]() |
Komplaens nazorat boshlig'i: Kadirov O'tkir Turanbayevich Qabul vaqti: Har kuni, 14:00 - 17:00 Telefon: +998933527373 E-mail: |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining korruptsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi toʻgʻrisida
MA'LUMOT
Boʻlim oliy ta'lim muassasasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Boʻlim faoliyati oliy ta'lim muassasasida "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida bevosita oliy ta'lim muassasasi rahbariga boʻysunadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimiga hisobot beradi.
Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlari va hay'at qarorlariga, mazkur Nizomga, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining ichki buyruqlariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Boʻlim oʻz faoliyatini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Boʻlimning vazifalari va funktsiyalari:
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish;
- Oliy ta'lim tizimida "Korruptsiyasiz soha" loyihasini oliy ta'lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yoʻnalishlarni, shuningdek korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot taqdim etish;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta'minlash;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida monitoring olib borish;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali huzuridagi akademik litseyning korruptsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek vazirlik hay'ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini ta'minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holatini oʻrganadi hamda natijalari boʻyicha ma'lumotlar tayyorlaydi;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun filial direktoriga kiritadi;
- Oliy ta'lim muassasasining ichki hujjatlarida aniqlangan korruptsiyaviy normalarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
- Oliy ta'lim muassasasining professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korruptsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushgan murojaatlar hamda anonim xabarlarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda choralar koʻradi;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritadi;
- Davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- Oliy ta'lim muassasasi xodimlari oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi monitoringini olib boradi va tegishli takliflar kiritadi;
- Oliy ta'lim muassasasining professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari oʻrtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etadi;
- Oliy ta'lim muassasasi faoliyatida korruptsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-oʻqituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) oʻrtasida soʻrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar oʻtkazadi hamda ularning natijalari va ta'sirini muntazam ravishda baholab boradi, shuningdek keyingi chora-tadbirlarni belgilashda mazkur baholash natijalaridan foydalanadi;
- Professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar oʻrtasida korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferentsiyalar, uchrashuvlar, seminarlar va tanlovlar tashkil etadi;
- Oliy ta'lim muassasasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
- Oliy ta'lim muassasasining rasmiy veb-saytida "Korruptsiyaga qarshi kurashish" boʻlimidagi ma'lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta'minlaydi;
- Har chorakda va zaruratga koʻra korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda oliy ta'lim muassasasidagi korruptsiyaviy vaziyat haqida direktorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimiga hisobot beradi;
- Korruptsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek ota-onalar bilan mazkur sohada samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
- Filial huzuridagi akademik litseyning korruptsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyati ustidan nazorat oʻrnatadi;
- Filialda korruptsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi hamda tahliliy materiallarni rahbariyatga va vazirlikka kiritib boradi.
Vazifasi:
Korruptsiyaviy omillarning oldini olish hamda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar bilan doimiy ravishda oʻzaro hamkorlik ishlarini tashkil etish.
