KOMPYUTER INJINIRINGI VA SUN’IY INTELLEKT FAKULTETI

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani:

Nazarov Bahodir Abdusamatovich

Qabul vaqti: Har kuni (10:00-17:00 gacha)

Telefon:   97 287-83-77

E-mail: nazarovbahodir82@gmail.com 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini:

Qurbonov Akbar Raxmatovich

Qabul vaqti: Dushanba – Shanba (10:00-17:00 gacha)

Telefon: +99894 539 4003

E-mail: a.kurbanov@gmail.uz

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini:

Kudratov Rustam Batirbayevich

Qabul vaqti: Har kuni (10:00-17:00 gacha)

Telefon: 933404058

E-mail: rustamkudratov4@gmail.com

 

FAKULTET HAQIDA

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005-yil  2-iyundagi  “Axborot  kommunikasiya  texnologiyalari  sohasida  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida” gi  91-son  Qarori  asosida “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali” tashkil etildi va ushbu Qarorning 4-ilovasiga ko‘ra “Axborot va pedagogika texnologiyalari” fakulteti tashkil etilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi fakultetlari va kafedralarining tashkiliy tuzilmasi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida jahon standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tashkiliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son Qarori qabul qilingan. Ushbu Qaror asosida 2013-yilning avgust oyida “Kompyuter injiniringi” fakulteti “Axborot va pedagogika texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil etildi.

2026-yil 2-martidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PQ-1942-son hamda 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-sonli “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorlariga muvofiq, Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalariga xalqaro standartlar asosida AKT sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yaxshilash maqsadida “Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berilishi belgilab berilgan va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 2025-yil 25-dekabrdagi 4/5(757/758)-sonli bayonnomasi asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti negizida  “Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt” fakulteti tashkil etildi.

Hozirgi kunda fakultetda 7 ta bakalavriat va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60610300 - Kompyuter injiniringi;
  • 60610400 - Dasturiy injiniring;
  • 60610500 - Sun’iy intellekt;
  • 60610500 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi);
  • 60610500 - Kompyuter injiniringi (AT-Servis);
  • 60610500 - Kompyuter injiniringi (Multimedia texnologiyalari);
  • 60610600 – Dasturiy injiniring

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 70610301 - Kompyuter injiniringi;
  • 70610303 - Tibbiyotda kompyuter tizimlari;
  • 70610401 - Dasturiy injiniring;
  • 70610501 - Sunʼiy intellekt.

Bundan tashqari 60610300 - Kompyuter injiniringi va 60610400 - Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shaklida talabalar ta’lim olib kelmoqda.

“Kompyuter injiniringi va sun’iy intellekt” fakultetida 5 ta kafedrada faoliyat olib bormoqda. Bular:

  • Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili (kafedra mudiri v.b, dots. Abduvaitov A.A.);
  • Dasturiy injiniring (kafedra mudiri, prof. Boynazarov I.M.);
  • Kompyuter tizimlari (kafedra mudiri, dots. Abdullayeva N.I.);
  • Tabiiy fanlar (kafedra mudiri, prof. Yaxshiboyev M.U.);
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar (kafedra mudiri, DSc, dots. Samatov X.U.).

Hozirgi kunda ushbu kafedralarda 56 nafat professor-o‘qituvchilar asosiy shtat birligida faoliyat olib bormoqda. Bulardan 7 nafari fan doktori (DSc), 25 nafari fan nomzodi (PhD), 10 nafari katta o‘qituvchi va 14 nafari lavozimida ishlamoqda. Shu kunga kelib fakultetning ilmiy salohiyati 57% ni tashkil etmoqda.

Fakultetda ta’lim berilayotgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bugunga kadar 4000 nafarga yaqin malakali kadrlar tayyorlangan bo‘lib, ular respublikamizning turli sohalarida muvaffaqiyatli mehnat qilib kelishmoqda. Bitiruvchilar orasida  3 nafar fan doktori (DSc) va 30 nafarga yaqin falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega yetuk mutaxassislar mavjud.

Shuningdek, fakultet bitiruvchilari dunyoning nufuzli, jumladan, Janubiy Koreaning Gachon, Konkuk, INHA va Sejong kabi nufuzli universitetlarida, hamda Datasite Technology (O‘zbekiston+Angliya) va shunga o‘xshash mashhur kompaniyalarida faoliyat olib borishmoqda.

Bugungi kunga qadar fakultet talabalaridan 7 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti, 5 nafari Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, 6 nafari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya, 5 nafari Beruniy nomidagi stipendiya va 14 nafardan ortig‘i Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiantlari bo‘lishgan.