Filialda yil yakunlari muhokamasi
🏛 TATU Samarqand filialida "2024/2025-o‘quv yili birinchi semestri yakunlari: professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ijro intizomiga rioya etishi hamda fakultetlar, kafedralar faoliyatining tanqidiy-tahliliy muhokamasi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini tamomila yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilish" yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.
Yig'ilishda filial direktori Z.A. Karshiyev har bir kafedra va bo'limlarda mavjud kamchiliklarga alohida to'xtalib, ularning sabablari va yechimlari bo'yicha fikr bildirib, tegishli topshiriq va vazifalar belgilab olindi.
📌Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hafta davomida bo'lib o'tgan yig'ilishlarda ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag'ishlangan hamda mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti, yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish mavzusidagi videoselektorida belgilab bergan topshiriqlari yuzasidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlariga ma'ruzalari belgilab bergan vazifalari tushuntirib o'tildi.
TATU Samarqand filiali Axborot xizmati