Istiqbolli rejalar
2018-2030 istiqbolli rivojlanish rejasi
Ushbu ilovada TATU Samarqand filialining 2018-2025 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rivojlanish dasturidagi ilmiy sohada amalga oshiriladigan ishlar rejasi yoritilgan
- Respublika, tarmoq xududiy ilmiy-texnikaviy axborot resurslari, mahalliy va xorijiy ilmiy-texnikaviy axborotlar manbalarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlash, shakllantirish, axborotlar fondini yuritish, ma’lumotlar bazasi va bankidan foydalanishga ixtisoslashgan tashkilotlarni qamrab oluvchi ilmiy- texnikaviy axborotlar tizimi yaratiladi
- YAngi ta’lim dasturlarini, yangi pedagogik va smart-texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali filialda ta’lim sifatini oshirib borish (elektron modullar shakllantiriladi va masofaviy ta’lim joriy etiladi
- YUqori malakali mutaxassislar – falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)ni tayyorlash
- Filialning tadqiqotchiligini tashkil etuvchilari: chop etilgan ilmiy maqolalar soni, iqtiboslik indeksi, xalqaro konferensiya va seminarlardagi ishtiroki, olingan patentlar soni buyicha faoliyatini kuchaytirish.
- Kafedralar yosh o‘qituvchilarini ilmiy yo‘nalishi va doktorlik dissertatsiya mavzularini aniqlash maqsadida ilmiy seminarlar tashkil qilinadi
- Xorijiy OTMlarida RhD darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar salmog‘ini oshirish
- Filial qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy seminarlarda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishi tashkil qilinadi
- O‘quv jarayoni va ilmiy faoliyat sohalarida Filialning Universitet tuzilmalariga integratsiyalashuvuni tashkil qilinadi
4.1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 4.4-bandi “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bandida belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqib dissertatsiyalar himoyasini faollashtirish. Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yozgi ta’til davrida viloyatlar kesimida ishchi guruh faoliyati tashkil etiladi va ushbu ishchi guruhga professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar biriktiriladi
- Hamkorlikdagi innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar
- Kafedra a’zolari bilan birgalikda soha korxona va tashkilotlari uchun innovatsion ishlanmalar bo‘yicha hamkorlikda loyihalar tayyorlash
6. Ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatidagi hamkorlik
-
- Dasturiy mahsulotlar bozorini hozirgi holati haqida hamkorlikda analitik material tayyorlash va eng talabgor mahsulotlarni ishlab chiqish.
Tizimdagi korxona va tashkilotlarda korxonalar tomonidan taqdim etilgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlar tahlili natijasida 2018-2021 yil uchun mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion ishlanma mavzularini shakllantirish, ular asosida xo‘jalik va xamkorlik shartnomalarini tuzish