2016-2023 yillar davomida filialning professor-o‘qituvchilari xorijda malaka oshirish to'g'risida
2016-2023 yillar davomida filialning 19 nafar professor-o‘qituvchilari xorijda malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslarini tugatib kelgan. 2023-yilda esa filialning 11 nafar professor-o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirish, stajirovkaga yuborish Xalqaro hamkorlik bo‘limining yillik rejasiga kiritilgan. Shuningdek filialda hamkor xorijiy universitetlar bilan talabalar almashinuvi dasturi ham amalga oshiriladi.
TATU Samarqand filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti Xadjayev M.S. 2023-yilning 18-apreldan Rossiya Federatsiyasining M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg telekommunikasiyalar univesitetining Infokommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari fakultetining Fotonika va aloqa liniyalari kafedrasida ilmiy stajirovka o'tab kelmoqda. Uning stajirovka davrida biriktirilgan ilmiy rahbari t.f.d., professor Burdin A.V.. Universitet ilmiy laboratoriyalarida «Исследование киральных кварцевых микроструктурированных оптических волокон с включением опорных элементов, легированных GeO2» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu bilan birga telekommunikatsiya sohasidagi bir nechta yetakchi kompaniyalar faoliyatlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi” fakulteti, “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi dotsenti, A.Hotamov Malayziyadagi Terengganu universiteti(UMT)da oʼzining ilmiy-amaliy malakasini oshirmoqda.