Registrator ofisi
Talabalar registrator bo‘limi universitetda talabalarga akademik (transkript) va boshqa turdagi ma’lumotnomalarni, to‘lov shartnomalarini, universitet va fakultetler haqidagi, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari haqidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish, talabalarga diplom (dublikat) berish jarayoni bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish, HEMIS va LMS axborot tizimlariga talabalarni ro‘yxatga qo‘yish, elektron diplomlar haqida tasdiq olish, talabalarga maslahatlar va savollarga javoblar berish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Bo‘lim Qabul va talabalar registrator boshqarmasiga bo‘ysunadi.
Bo‘lim tarkibi:
Bo‘limda 1 nafar boshliq, 5 nafar menejer faoliyat yuritadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
1. QR kodli diplom shakllantirish |
2. Akademik ma’lumotnoma va transkript berish |
3. Akademik mobillik asosida boshqa oliy tv’lim muassasasiga ketgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish |
4. Bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish |
5. Diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga ko’maklashish |
6. Imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiyalami qabul qilish |
7. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishni ko‘chirish va qayta tikiash uchun ariza yuborishga ko‘maklashish |
8. Oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi ta’limga kirish uchun onlayn ariza topshirishga ko’maklashish |
9. Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga ko’maklashish |
10. Oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun ariza yuborishga ko'maklashish |
11. Stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish |
12. Talaba guvohnomasini yaratish va talabaga taqdim etish |
13. Talabaga o’zining GPA ko’rsatkichi haqida ma’lumotnoma taqdim etish |
14. Talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga o’tkazish |
15. Talabalarga qayta o‘qish uchun ariza berishga ko’maklashish |
16. Talabalarga turli xil ma’lumotnoma (o‘qish joyidan, harbiy bolimdan v.b.)lar berish |
17. Talabalarni o’zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etish |
18. Talabalarning parolini tikilash |
19. Talabalarning sababli qoldirilgan dars soatlarini tegishli tartibda belgilash |
20. Talabalarning shaxsiy hamda o‘quv ma’lumotlarini tahrirlash |
21. Talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga ко‘chirib o’tkazish |
22. Tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar Yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib ro’yxat shakllantirish |
23. O‘qishi ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalarning fanlar farqini aniqlash |
24. O‘quv dasturlari haqida ma’lumot olish |
25. Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga ko‘maklashish |
26. Ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga ko‘maklashish |
27. Talabalarga o‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish |
28. Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma’lumotlami taqdim etish |
29. O‘qishga qabul qilingan xorijiy talabalami elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish |
30. Xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish |
31. Xorijiy talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish |
32. Xorijiy talabalarga to'lov-shartnomalarini taqdim etish |
33. Xorijiy talabalami O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro’yxatga qo‘yish xizmatlarini amalga oshirish |
34. Xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlami ko‘rib chiqish uchun qabul qilish |
35. Yotoqxonalarga joylashishga shartnoma va yo‘llanma berish |
36. Qayta o'qishga shartnoma berish |
37. Stipendiya to‘g‘risida ma’lumotnoma berish |
38. Hisob varog‘ini shakllantirib berish |
39. Talabalarga to‘lov-shartnomasi olish uchun ariza berishga ko‘maklashish |
40. Talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish |
41. Talabaning qayta o‘qish shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish |
42. Talabaning to‘lov-shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi va haqdorligi haqida ma’lumot berish |
43. To'lov-shartnoma summasi haqida ma’lumot berish |
44. Bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarini o‘tkazishga ko‘maklashish |
45. Grantlar va tanlovlar haqida ma’lumot berish |
46. Ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumot berish |
47. Innovatsion g‘oya va startaplami ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish |
48. Nomdor stipendiyalar haqida ma’lumot berish |
49. Ilmiy loyihalar to‘g‘risida konsultatsiya berish |
50. Ustoz-shogird maktabiga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish |
51. Talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish |
52. O‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish |
53. Talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish |
54. Talabalarga OTMda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma’lumot berish |