Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida ilmiy-tadqiqotlar Ilmiy kengashning 13-may 2009 yilda navbatdan tashqari yig‘ilishida tasdiqlangan “Ta’lim, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishda keng qo‘llanilishi uchun zamonaviy axborot tizimlari, boshqarishning intellektual vositalari, ma’lumotlar va bilimlar jamg‘armasi, hamda dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish» (Ilmiy rahbar: A.A.Xaldjigitov) mavzusida olib boriladiki, bunda talabalarni hozirgi zamon axborot texnologiyalari bilan tezroq tanishtirish imkonini berib, O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Viloyat boshqarmasi va mahalliy tadbirkorlik ehtiyojlarini ham nazardan tashqarida tutilmaydi. Shuning uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining mavjud ikkita “Kompyuter injiniring” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakultetlari qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘qqizta kafedralar hisobot yilida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishdi: 1.“Kompyuter injiniring” fakulteti qoshidagi “Axborot texnolo-giyalari” kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining muammoviy mavzular rejasiga kiritilgan “Ta’limda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llanilishi uchun zamonaviy axborot tizimlari, boshqarishning intellektual vositalari, ma’lumotlar va bilimlar jamg‘armasi, hamda dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish” (Ilmiy rahbar, kafedra mudiri, t.f.n., dots. Z.M.Maxmudov, Ilmiy maslahatchilar: akademik, t.f.d., prof. M.M.Kamilov, t.f.d., prof. A.A.Xaldjigitov) mavzusida ish olib borildi. Ushbu mavzu bo‘yicha kafedraning bir guruh professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari shug‘ullandilar. Hozirgi kunda ikki nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olmoqda. Shuningdek, 4 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan mustaqil tadqiqotchilik asosida doktorlik dissertatsiyasi uchun ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy mavzular belgilangan. 6.“Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti qoshidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining muammoviy mavzular rejasiga kiritilgan «Kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash prinsiplari» (Ilmiy rahbar, kafedra mudiri, katta o‘qit. U.B.Bekmurodov, Ilmiy maslahatchilar: t.f.d., prof. D.Y.Akbarov, t.f.d. A.R.Axadov) mavzusida olib borilmoqda. 7.“Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti qoshidagi “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialining muammoviy mavzular rejasiga kiritilgan Kafedradafanni ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi doirasida Samarqand viloyati xalk ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Samarqand tayanch tibbiyot kolleji, “Markazta’minot” UK “Samarqandtumangaz” filiali, Samarqand axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kolleji, “Algoritm Ziyo Nur” nodavlat ta’lim muassasasi, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi, Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Kafedraning 2018 yil uchun hamkorlik rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. “Markaz ta’minot” UK “Samarqandtumangaz” filiali bilan hamkorlikda dotsent Xodjaev T.T. va katta o‘qituvchi Ganieva N.A.lar “Gaz tarkibi zichligi aniqlash va baholashning avtomatlashtirilgan hisobi” dasturi joriy etildi, “Algoritm Ziyo Nur” nodavlat ta’lim muassasasi “Web dasturlashni mustaqil o‘rganuvchilar uchun elektron kurs yaratish” mavzusida bitiruv malakaviy ishiga “Algoritm Ziyo Nur” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Ismoilov SH. Maslahatchi sifatida tayinlandi. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, 2018 yilda axborot-kutubxona markazi direktori Axmedova SH., mutaxassislari Amirov R. va Ten V. bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik va ilmiy maslahatchilik qildi va hamkorlikda maqolalar chop etildi. Kafedra assistenti Jiyanov Oybek 2018 yil sentyabr-noyabr oylarida Samarqand viloyati axborot kutubxona markazida stajirovkada bo‘lib o‘tdi va stajirovka yakunida sertifikatga ega bo‘ldi. 2018 yilda Ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha olinayotgan natijalarni “Elektron ta’lim resurslari yaratish texnologiyalari”, “Informatika fanini o‘qitish metodikasi”, “Ta’limda axborot texnologiyalari” kabi fanlarini o‘qitishga joriy qilinmoqda.