“Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar”

               🏛TATU Samarqand filiali "Kompyuter injiniringi" fakultetida yirik ish beruvchi tashkilot va korxona rahbarlari bilan  uchrashuv grafigiga asosan fakultet bitiruvchi kurs talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar”  mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminar-trening IT park Samarqand viloyat hududiy filiali bosh meninjeri Sh.Salaydinov, Loyiha menejeri F.Aminova, “Mahorat IT-Akademiya” MCHJ kompaniyasi rahbari J.Amriddinov va “SAMNIT GLOBAL INS” MCHJ kompaniyasi rahbari O.Amonovlar ishtirok etishdi

                   

           ✅Mazkur seminarda bitiruvchilarga qanday qilib IT biznesni yo‘lga qo‘yish, xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi. 

TATU Samarqand filiali

Axborot xizmati