Tillar kafedrasi

Kafedra mudiri Filologiya fanlari doktori (DSc) professor,

 Toirova Dilfuza Fayzullayevna

Qabul vaqti: Payshanba 15:00 dan 16:00 gacha

Elektron manzil:  dilfuza.toirova@mail.ru

Tel.:+998906018008

 

“Tillar” kafedrasi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali tashkil etilgan. Mazkur filialda dastlab “Tillar va jismoniy tarbiya” kafedrasi faoliyat yurita boshlagan bo‘lib, kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.X. Oblokulova rahbarlik qilgan.

Keyinchalik mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1942-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 188-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 4-iyuldagi 280-son buyrug‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 4-iyuldagi 232-son buyrug‘i hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2013-yil 5-iyuldagi 770-son buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, TATUning 2013-yil 29-avgustdagi 905-son buyrug‘i bilan “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti tarkibida “Tillar” kafedrasi tashkil etildi va 2013–2014 o‘quv yilidan boshlab, ya’ni 2013-yil 2-sentabrdan o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirgi kunda kafedra faoliyati ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish hamda axborotlashtirilgan ta’lim tizimlari uchun zarur lingvistik va metodologik asoslarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Jumladan, kafedrada “Axborotlashtirish va ta’lim tizimlari uchun kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar lingvistik bazalarining ilmiy-metodologik asoslarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda kafedraga filologiya fanlari doktori (DSc), professor D.F.Toirova rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedrada asosiy shtatda 8 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ularning 6 nafari ayollar bo‘lib, bu umumiy tarkibning 80 foizini tashkil etadi. Kafedra tarkibida 1 nafar fan doktori (DSc), professor hamda 2 nafar falsafa doktori (PhD) faoliyat yuritadi. Umumiy ilmiy salohiyat 65 foizni tashkil etib, ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlarning 3 nafari ayollardir. Professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 37 yoshni tashkil qiladi. Ilmiy darajaga ega bo‘lgan 40 yoshgacha bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ulushi esa 14 foizni tashkil etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida e’lon qilinadigan grant tanlovlari hamda xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Natijada ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi ortib bormoqda. Shu bilan birga, kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida ilmiy darajaga ega mutaxassislarni ishga jalb etish hamda mavjud xodimlarning ilmiy darajasini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Mazkur yo‘nalishda 2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari G.A.Narziyeva va D.A.Toshpulatov tomonidan dissertatsiya himoyalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi, shuningdek, R.Dj.Shukurova (PhD) himoya jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2025-yilda kafedraning 4 nafar professor-o‘qituvchisi ilmiy unvonlarga ega bo‘ldi. Jumladan, 3 nafar o‘qituvchi dotsent, 1 nafar o‘qituvchi esa professor ilmiy unvoniga erishdi.

Professor ilmiy unvoni:

  • Toirova D.F. – 10.00.04 “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni.

Dotsent ilmiy unvoni:

  • Ibatova A.Sh. – 10.00.01 “O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni;
  • Raxmatova S.A. – 10.00.04 “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni;
  • Xotamov N.B. – 10.00.02 “Jismoniy tarbiya metodikasi va nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni.

Shuningdek, kafedrada ilmiy salohiyatni yanada oshirish maqsadida 2027-yilgacha mo‘ljallangan dissertatsiya himoyalari rejasi ishlab chiqilgan.

 

 

TILLAR KAFEDRASIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR

 

 Toirova Dilfuza Fayzullayevna – filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Akademik yozuv fani.

Abdiyev Murodqosim Bolbekovich – filologiya fanlari doktori (DSc), professor. O‘zbek tili fani.

Raxmatova Saodat Amrakulovna – dotsent. Akademik yozuv fani.

Xotamov Nurbek Boliyevich – dotsent. Jismoniy madaniyat fani.

Ibatova Amira Shavkatovna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Ingliz tili fani.

Narziyeva Gulnoza Akbarovna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi. Ingliz tili fani.

Toshpulatov Dilshod Abdurafikovich – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi. Ingliz tili fani.

Shukurova Ramina Djalolitdinovna – katta o‘qituvchi. Ingliz tili fani.

Akramova Moxichexra Rustamovna – katta o‘qituvchi. Ingliz tili fani.

PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TOMONIDAN OLIB BORILADIGAN TO‘GARAKLAR

Ibatova A.Sh. – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. “English Study” to‘garagi.

Narziyeva G.A. – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi “Enjoy Your English” to‘garagi.

Toshpulatov D.A. – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi “Conversational English” to‘garagi.

Raxmatova S.A. – dotsent. “Yosh olim” to‘garagi.

Xotamov N.B. – dotsent. Futbol va voleybol to‘garagi.

Shukurova R.Dj. – katta o‘qituvchi. “Improve Speaking” to‘garagi.

Akramova M.R. – katta o‘qituvchi. “Smart English” to‘garagi.