Kasaba uyushmasi qo'mitasi

Rais:

Nazarov Baxodir Abdusamatovich

Qabul vaqti: Dushanba – Juma 15:00 – 17:00

Telefon: (0 366) 232-28-61

E-mail:  sf_mxb@mail.ru

 

Qo’mita rayosati a’zolari:

  1. Nazarov Baxodir Abdusamatovich – BKUQ raisi
  2. Achilova Saodat Amraqulovna — BKUQ a’zosi
  3. Saidov Utkir Mallayvich — BKUQ a’zosi
  4. Qurbonniyazov Anvar Safarboyvich — BKUQ a’zosi

Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risida

Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini mehnat faoliyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy  manfaatlarini himoya qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi (TATU SF BKUQ)ni professor – o‘qituvchilar, doktorantlar, ishchi xodimlar hamda filialda ko‘p yillar davomida mehnat qilgan pensionerlar tashkil qiladi.

BKUQ tarkibi 7 ta faollardan iborat.

Filial rahbariyati xodimlarning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilishdan oldin kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda ish olib boradi. Kasaba uyushma qo‘mitasining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi hamda mehnat masalalarida, filial rahbariyati filial faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha va boshqa ijtimoiy – siyosiy masalalar yuzasidan zarur bo‘lgan axborotlarni kasaba uyushma qo‘mitasiga taqdim etib boradi.

Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan xodimlar uchun:

  • millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar Kasaba uyushma a’zosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitini yaratib berishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;
  • insonning ma’naviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo‘lgan bo‘sh ish vaqtini ko‘paytirish va undan oqilona foydalanishga;
  • mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishiga;
  • sog‘lomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga;
  • ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
  • davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;
  • mexnatga haq to‘lashning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etilishiga;
  • ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan kasaba uyushma a’zolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.

Kasaba uyushma a’zolarining huquqlari va vazifalari:

  • kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi hamda a’zolik badallarini to‘lab boruvchi xodim kasaba uyushma a’zosi bo‘la oladi;
  • mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qat’iy nazar davlat, sud va xo‘jalik organlarida kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo‘lishi;
  • kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
  • kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala ko‘rib chiqilayotgan majlislar, yig‘ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
  • yuqori kasaba uyushma qo‘mitalariga murojaat etish;
  • kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘llanmalar olish.

Kasaba uyushma qo‘mitasi filial ma’muriyati bilan kelishilgan holda quyida keltirilgan qarorlarni ko‘rib chiqadi:

  • Mehnat sharoitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxshilash;
  • Filial xodimlarining ish bilan band bo‘lishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
  • Ishchi-xodimlar hamda talabalarni rag‘batlantirish va mukofotlash;
  • Filial vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boshqa muammolar bo‘yicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
  • Professor - o‘qituvchi va ishchi - xodimlarga sanatoriyalar va sog‘lomlashtirish maskanida dam olish uchun beriladigan imtiyozli yo‘llanmalar ajratish.

Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar:

BKUQ ish faoliyati davrida universitetning kam ta’minlangan ishchi – xodimlari hamda talabalari o‘rganib borilib, ularga filial rahbariyati bilan kelishilgan holda moddiy rag‘batlantirish amalga oshirilib kelinadi. Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan universitetning kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan talabalarga dekanat tavsiyasi bilan moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Filialda ko‘p yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqanlar BKUQning e’tiborida turadi. Har yili ularning holidan xabar olinib, moliyaviy imkoniyat darajasida moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Filialda BKUQ ishchi – xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida quyidagi ishlarni nazorat qilib boradi:

  • Ishchi – xodimlarning ijtimoiy himoyasini;
  • Mehnat intizomini;
  • Mehnat muxofazasi va mehnat sharoitlarini yaratishni;
  • Ishchi – xodimlarning ish haqi va ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig‘ini nazorat qilinishini;
  • Ish haqi va avanslarni o‘z vaqtida berib borilishini;
  • Qishki – kuzgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni;
  • Talabalarni asossiz chetlashtirilishini;
  • Jamoa shartnomasining choraklar bo‘yicha bajarilishini;
  • Ishchi – xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni;

BKUQ ishchi – xodimlarni mehnat intizomiga rioya qilish maqsadida ularga qo‘mita faollari bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib boradi va yuzaga kelgan muammolarni o‘rganib chiqadi. Jiddiy holatlar BKUQninig Kengash yig‘ilishida ko‘riladi va direktoratga taklif beriladi.

BKUQ yil davomida mehnat xavfsizligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi va ishchi – xodimlarni mehnatdagi faoliyatini yaxshilash maqsadida, har yili bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilib boradi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ayrim ishchi – xodimlarga dori – darmonlar olishlari uchun moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birgalikda filial tibbiyot shahobchasiga ishchi – xodimlarni ish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun rahbariyat bilan kelishilgan holda dori – darmonlar bilan ta’minlab boriladi. Tibbiyot shahobchadagi vrach va hamshiralarning ish faoliyati nazorat qilinadi. Talabalarni sog‘ligini tiklash borasida ham ishlarni amalga oshiradi. 

Ishchi – xodimlarning oylik maoshlari va avanslarini o‘z vaqtida berilishi nazorat qilinadi.

BKUQ ishchi – xodimlarning mehnat ta’tilini o‘tkazish davrida va sog‘liklarini tiklash uchun sanatoriya va dam olish uylariga imtiyozli yo‘llanmalar ajratadi.

BKUQ universitetdagi mavjud ovqatlanish joylarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi, ya’ni oshxonalarning sanitar holati, ovqatlarning sifati bo‘yicha va ovqatlarning narh – navolarini nazorat qiladi. 

BKUQ hozirgi kunda ma’naviy - ma’rifiy ishlarga katta e’tibor berilayotganini inobatga olib, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab – quvvatlash, ota – bobolarimiz tomonidan saqlab kelingan tariximiz va me’moriy obidalarni asrab – avaylash bo‘yicha ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan birgalikda tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqda. 

Talabalar va ishchi – xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida filial rahbariyati bilan kelishilgan holda har o‘quv yilining "Bilimlar kuni”da barcha guruhlarida Mustaqillik darslari o‘tkaziladi. Filialning gumanitar fanlar kafedralari o‘qituvchilari tomonidan "Ogohlik davr talabi”, "Xalqaro terrorizm, diniy ekstemizmning kelib chiqishi va unga qarshi kurashishning ma’naviy – ma’rifiy asoslari” mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

BKUQ tomonidan respublikamizda belgilangan barcha bayramlarda bayram tadbirlari rejasi ishlab chiqilib, ularni tashkillashtiradi.

12 yoshgacha farzandlari bor ishchi – xodimlarga "Yangi yil” sovg‘alari hamda "Yangi yil archasi” bayram tadbirlariga chiptalar xarid qilib berish tashkil qilingan.

Tabarruk 55, 60, 70 va 80 yoshga to‘lgan ishchi – xodimlar jamoa oldida tantanali ravishda mukofotlanib boriladi.

Har yili 9 – may "Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab universitet ishchi – xodimlaridan va filialda ko‘p yillar davomida ishlab ketgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, baynalminalchi jangchilarga, front ortida mehnat qilgan va ularga tenglashtirilgan xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi hamda bayram dasturxoni tashkil etiladi.

Ishchi – xodimlar, talabalar sportning barcha turlari bilan shug‘ullanib borishmoqda va musobaqalarda o‘zlarining jamoalari bilan qatnashishmoqda. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etiladigan 3 bosqichli spartakiadada ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi  axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan mini – futbol bo‘yicha musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelgan. Filialda va boshqa tashkilotlarda bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarda qatnashib, g‘olib chiqqanlarga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar ajratilib kelinmoqda.