Xotin-qizlar maslahat kengashi
2023-yil 15-iyun kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan, "Ayol jamiyat koʻzgusi", "Milliy liboslar-millat koʻzgusi" hamda "Siz yangi qonunni bilasizmi" shiori ostida tadbir boʻlib oʻtmoqda. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining Xotin-qizlar boʻyicha direktor maslahatchisi D.Fattayeva, "Kompyuter injiniring" fakulteti Xotin- qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M.Doʻstmuhammedova hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda faol qatnashgan Olimjonova Saodat, Nurullayeva Malika hamda Shamsiyeva Xabibalar 1-oʻrinni egallab, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
2023-yil 13-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Kompyuter injiniring" fakulteti, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Doʻstmuhammedova tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida bellashuv o‘tkazildi.
Mamlakatimiz miqyosida o'tkazilayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida Joriy yilning 6-iyun 2023-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining talabalar turar joy maydonchasida "Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i O.Rajabov va tyutor M.Marufovalar tashabbusi bilan filial psixologi S.Berdibekova, Yoshlar ittifoqi koordinatori J.Hamraqulovlar ishtirokida "Kaftdagi tilaklarim" va "Tushkunlik bilan kurashish" kabi mavzularda talaba qizlar bilan psixologik trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir so'ngida talaba-qizlar uchun "Ochiq osmon ostidagi kinoteatr" tashkil etildi.